» » Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida yarim tunda sel keldi

Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida yarim tunda sel keldi


Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida yarim tunda sel kelgani aytilmoqda. Bu haqda “Daryo”ga xabar bergan aholi vakillarining aytishicha, sel toshqini aholi yashovchi hududda sodir bo‘lgan.

Zarafshon shahrida yashovchi yana bir fuqaroning ma’lumot berishicha, 13-may kuni soat 01:00 dan boshlab shaharda kuchli shamol bo‘lib, jala quya boshlagan.

“Sel aholi yashovchi hududga ham kirib keldi, odamlar sel toshqinidan aziyat chekmoqda. Bizga texnika bo‘yicha yordam berilishlarini so‘raymiz”, — deydi bu haqda “Daryo”ga ma’lum qilgan fuqaro.

Ta’kidlanishicha, shaharning Bog‘dorchilik hududidan tashqari ko‘plab aholi manzillarida sel toshqinlari sodir bo‘lgan.

Murojaatchining qo‘shimcha qilishicha, ayni paytga qadar mas’ul tashkilotlar bu holatga e’tibor qaratmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют