» » Rossiyada 55 mln rubl evaziga zirhlangan Audi sotuvga chiqdi

Rossiyada 55 mln rubl evaziga zirhlangan Audi sotuvga chiqdi


Audi’ning Rossiyadagi ofisi zirhlangan Audi A8L Security sedani uchun buyurtmalarni qabul qilishni boshladi, deb xabar beradi “Avtonovosti dnya”.

Ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobil narxi 55 million rubldan boshlanadi, biroq uni hamma ham sotib ololmaydi: barcha buyurtmalar Germaniyada tasdiqlanadi va ayrim mijozlar ro‘yxatdan o‘chirilishi mumkin.

Audi A8L Security VR9/VR10 darajasi bo‘yicha zirhlangan: VR9 bilan shaffof bo‘lmagan qismlar, VR10 bilan esa oynalar himoyalangan. Muhandislarning so‘zlariga ko‘ra, sedan avval boshdan o‘q o‘tmaydigan versiya asosida loyihalangan va yo‘lovchilarni kalibri 7,62 millimetrga teng o‘qdan himoyalay oladi.

Tashqi ko‘rinishi bilan sedan odatdagi modeldan qalin oynalari va baquvvat shinalari bilan farq qiladi. Avtomobil kuzovi va barcha elektronikasi noldan boshlab yaratilgan, shu sababli zirhli mashina oddiy modeldagidan qariyb 2 tonnaga og‘irroq (A8L Security og‘irligi 4,5 tonnaga teng).

Salon bo‘yicha zirhli mashina oddiy A8’niki bilan bir xil. Jihozlanishi ham bir-birini takrorlaydi, faqat zirhli modelda avtonom ajratuvchi qurilma va markaziy konsolda avariya bloki mavjud. Unga maxsus signalni boshqaruvchi tugmalar, avariya holatida havo haydash va yong‘inni o‘chirish tizimi o‘rnatilgan.

Mashinaga 571 ot kuchi va 800 Nm aylanuvchi momentga ega 4,0 litrli muqobili yo‘q biturbosakkizlik o‘rnatilgan bo‘lib, u 8 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi.

Audi A8L Security narxi 55 million rubldan boshlanadi, biroq narx yevro kursiga qarab o‘zgarishi mumkin. Yevropada shu turdagi sedan 700 ming yevrodan taklif etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 41) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют