» » Foto: O‘zbekistondagi hamshira koronavirusga qarshi kurashdan so‘ng

Foto: O‘zbekistondagi hamshira koronavirusga qarshi kurashdan so‘ng


Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda ishtirok etayotgan hamshiralardan biri haqida ma’lumot berdi.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda operatsiyalarni muvaffaqiyatli o‘tkazish jarayonidan tortib, operatsiyadan keyingi bemor parvarishi, laboratoriya-diagnostika sohasi, ona-bola parvarishi, shoshilinch va tez tibbiy xizmat, sanitariya-epidemiologiya, farmatsevtika kabi qator sohalarida 300 ming nafardan ziyod o‘rta tibbiyot xodimlari, hamshiralar faoliyat yuritib kelmoqda. Ayni kunlarda mamlakatda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda 50 ming nafardan ziyod hamshira ishtirok etmoqda.

“Ana shunday fidoyi hamshiralardan biri Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli tibbiyot klinikasi xodimi Fotima Husanovadir. Ko‘p yillik tajribaga ega hamshira o‘tgan bir oy ichida koronavirusga chalingan 43 nafar bemorning butunlay sog‘ayishiga munosib hissasini qo‘shdi.

Fotimaning yuzida yangidan hosil bo‘lgan chandiqlar ham o‘z kombinezonini yechmasdan, hayoti va sog‘lig‘ini garovga qo‘yib, kunni tunga ulab, qilgan mashaqqatli va matonatli mehnatining natijasidir”, — deyiladi xabarda.

“Shunday olijanob kasbni tanlaganimdan faxrlanaman, bu qiyinchilik, sinovlar ortda qolyapti, lekin hamkasblarim bilan qisqa vaqt ichida koronavirusga chalingan o‘nlab bemorlarning sog‘ayishi, ularning o‘zi va oilalarining quvonchiga sabab bo‘lyapmiz. Biz uchun odamlarimizning sog‘lom va xushkayfiyatda yurishidan ortiq baxt yo‘q”, — deydi Fotima Husanova.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan zararlangan bemorlar bilan muloqotga kirishadigan, zararlangan bemorlar joylashtirilgan obyektlarda hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan o‘rta tibbiyot xodimlariga, hamshira-laborantlarga har 14 kunlik faoliyat davri uchun 15 million so‘m miqdorida (soliqlardan tashqari) maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovi belgilangan. Shuningdek, bemorlar bilan ishlash davomida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga 100 million so‘mdan to‘lanadi.

Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infeksiyasini yuqtirish natijasida og‘ir ahvolga tushgan va sog‘lig‘i tiklanmagan taqdirda tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga yoki ularning oila a’zolariga esa 250 million so‘m miqdorida bir martalik to‘lovlar to‘lanadi.

O‘zbekistonda O‘zbekistonda 12-may soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 2547 nafarga, infeksiyadan sog‘ayganlar soni esa 2040 kishiga yetdi.

Mazvuga doir: O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashda qancha hamshira qatnashayotgani ma’lum qilindi. 12-may — Xalqaro hamshiralar kuni (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют