» » Konor Makgregor qachon oktagonga qaytishini ma’lum qildi

Konor Makgregor qachon oktagonga qaytishini ma’lum qildi


UFC’ning yengil vazndagi sobiq chempioni Konor Makgregor iyul oyida chempionlik jangida ishtirok etishini ma’lum qildi.

“Iyul oyida yengil vazn toifasida chempionlik jangida ishtirok etishdan mamun bo‘lardim”, — deya yozgan Konor Twitter’dagi sahifasida.

Bundan oldinroq esa u “Iyulda ko‘rishamiz” deya post qoldirgan. Bu orqali Makgregor Jastin Getjiga qarshi jang qilishiga ishora qilgan.

Qayd etish joiz, UFC 249 musobaqasida Toni Fergyusonni nokautga uchratgan Getji iyulda jang qilish niyatida emasligini ma’lum qilgandi. Jastin bor e’tiborini Habib Nurmagomedovga qarshi jangga qaratishini aytib o‘tdi.

UFC prezidenti Deyna Uayt ham Habib va Getji o‘rtasidagi jang tashkil qilinishi mumkinligini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Konor Makgregor o‘zining so‘nggi jangini 2020-yil 19-yanvarida UFC 246 musobaqasi doirasida Donald Serronega qarshi o‘tkazib, raqibini 40 soniya ichida nokautga uchratgandi.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют