» » “Hayit namozi qay tarzda o‘qilishi borasida rasman xabar beriladi”. Usmonxon Alimov internetda tarqalgan mish-mishlar haqida

“Hayit namozi qay tarzda o‘qilishi borasida rasman xabar beriladi”. Usmonxon Alimov internetda tarqalgan mish-mishlar haqida


O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov jome masjidlarda Hayit namozi o‘qilishi to‘g‘risida tarqatilayotgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan noo‘rin gaplarda hech qanday asos yo‘q. Shu sababli har xil gap-so‘zlarga ishonmang. Masjidlarda jamoat namozlari boshlanishini O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasman e’lon qiladi. Ozgina qoldi, shunchasiga sabr qildik. Shu sabrning orqasidan Alloh ko‘p yengilliklarni beryapti…

Oldimizda Ramazon Hayiti kelyapti. Bu borada ham har xil mish-mishlarga ishonmasdan, Hayit namozini o‘qish qanday tarzda bo‘lishi haqida vakolatli idora — O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar beradi.

Usmonxon Alimov, muftiy

Shuningdek, muftiy Usmonxon Alimov hozirda 70 dan ortiq qori onlayn tarzda Quroni Karim xatmini o‘tkazayotganini ta’kidlab o‘tgan.

Avvalroq O‘zbekiston musulmonlari idorasi taroveh va juma namozlarini masjidlarda o‘qish boshlanishi haqidagi audioxabar yolg‘on ekanini bildirgan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston Musulmonlari idorasi koronavirus daf bo‘lishi uchun tavsiya qilingan duolar va amallarni e’lon qildi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston musulmonlari idorasining Ramazon oyini o‘tkazish haqidagi bayonotida taroveh namozlarini uyda o‘qish tavsiya qilingan, keyinchalik taroveh va juma namozlarining uyda o‘qilishi masalasiga izoh berilgan, karantinga doir fatvolar e’lon qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют