» » “Yuventus” va “Tottenhem” futbolchilarini almashtirishi mumkin

“Yuventus” va “Tottenhem” futbolchilarini almashtirishi mumkin


Turinning “Yuventus” klubi hamda Londonning “Tottenhem” jamoasi o‘zaro himoyachilarini almashtirishi mumkin. Bu haqida Tuttomercatoweb nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, “shporlar”ning o‘ng qanot himoyachisi Serj Orye Turinga, turinliklarning chap qanot vakili Aleks Sandro esa Londonga yo‘l olishi kutilmoqda.

Tomonlar transfer masalasini tez orada muzokara qilishi ta’kidlanmoqda.

Bundan tashqari “Tottenhem” “Atalanta” himoyachisi Timoti Kastan hamda PSJ vakili Toma Menye nomzodini ham ko‘rib chiqmoqda. Qayd etish joiz, Menye yozda erkin agentga aylanadi.

Ma’lumot uchun, Serj Orye joriy mavsum Angliya Premyer Ligasida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi. Aleks Sandro esa A Seriyada 22 ta o‘yinda harakat qilib, uchta golga hammuallif bo‘ldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют