» » Fotoreportaj: Sardobadagi chodirlar shaharchasida yaratilgan sharoitlar qanday?

Fotoreportaj: Sardobadagi chodirlar shaharchasida yaratilgan sharoitlar qanday?


Markaziy harbiy okrug harbiy xizmatchilari tomonidan Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida 2-may kuni vaqtincha joylashish uchun chodir shaharcha tiklangan edi. Harbiy jurnalist G‘ayrat Madrahimov ushbu chordirlar yaratilgan sharoitlarning suratlarini to‘plab taqdim etdi.

Ta’kidlanishicha, 200 ga yaqin harbiy texnikaga mo‘ljallangan park hozirlangan. Bir necha soatda 2 ming kishilik yotoqxona, yuvinish uchun joy, oziq-ovqat omborxonasi va boshqa texnik ta’minot obyektlari tayyorlangan, lager xavfsizligini ta’minlash uchun patrullik yo‘nalishlari tashkil etilgan.

Mudofaa vazirligi texnik ta’minot bosh boshqarmasi tomonidan safar vaqtida shaxsiy tarkibning ta’minot holati, moddiy va texnik resurslarni yanada takomillashtirish maqsadida Sardobadagi harbiy shaharchalarda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirildi. Markaziy harbiy okrugiga qarashli chodir shaharchasi eng namunali deb topilgan.

“Hozirgi kunga qadar harbiylar aholi xonadonlarida tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish ishlarida jonbozlik ko‘rsatib kelmoqda. Shu vaqtga qadar okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Oybek Saidov tomonidan sardobaliklarga beg‘araz yordam ko‘rsatgan harbiy xizmatchilar ikki marta pul va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: Mudofaa vazirligi askarlari tomonidan Sirdaryodagi toshqin oqibatida zarar ko‘rgan 800 dan ortiq xonadon tartibga keltirildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют