» » Yevropada futbol bo‘yicha yana ikkita milliy chempionat davom ettiriladigan bo‘ldi

Yevropada futbol bo‘yicha yana ikkita milliy chempionat davom ettiriladigan bo‘ldi


Koronavirus pandemiyasi sabab futbol musobaqalarini to‘xtatgan mamlakatlar sekin-asta mavsumni davom ettirishga ruxsat bermoqda.

Jumladan, Chexiyada milliy chempionat bahslari 23-maydan davom ettiriladigan bo‘ldi. Bu haqida musobaqaning Twitter’dagi sahifasida xabar berildi.

Chexiya chempionati 24-turdan so‘ng koronavirus pandemiyasi sabab to‘xtatilgandi. Ayni damda “Slaviya” jamoasi 58 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. “Viktoriya Plzen” (50), “Yablonets” (40) klublari esa kuchli uchlikda bormoqda.

Shuningdek, Portugaliyada ham futbol bahslariga ruxsat berildi. 4-iyunda 25-tur o‘yinlari boshlanadi. 24-tur bahslaridan so‘ng “Portu” 60 ochko bilan peshqadam bo‘lib turgan bo‘lsa, “Benfika” hisobida 59 ochko bor va ular ikkinchi o‘rindan joy olgan. Uchinchi pog‘onadan esa 46 ochkoga ega “Braga” joy egallagan.

Mavzuga doir: 

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют