» » Eronda koronavirusni yarim daqiqada aniqlovchi nanotest yaratildi

Eronda koronavirusni yarim daqiqada aniqlovchi nanotest yaratildi


Eronlik olimlar nanomateriallardan foydalangan holda koronavirusni yarim daqiqada aniqlashga qodir test-tizimni yaratdi, deb xabar beradi Mehr agentligi.

Mazkur yangilik 12-may kuni Eronning fan va texnologiyalar bo‘yicha vitse-prezidenti Soren Sattoriy ishtirok etgan marosimda taqdim etilgan.

Nanotest koronavirus bor yoki yo‘qligini 95 foiz aniqlikda 30 soniya ichida aniqlay oladi.

Ta’kidlanishicha, mazkur test-tizim COVID-19 va boshqa viruslarni dastlabki bosqichdayoq aniqlay oladi.

Nanotexnologiyalar sohasidagi ilmiy ixtirolar kompaniyasi tomonidan yaratilgan test-tizim hozircha sertifikatdan o‘tmagan.

Avvalroq Bosch’ga tarkibiy qismlarini yetkazib beruvchi kompaniya koronavirusni aniqlovchi ekspress-testni yaratgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют