» » Rossiyalik virusolog koronavirusga qarshi samarali dori vositasi qachon paydo bo‘lishini ma’lum qildi

Rossiyalik virusolog koronavirusga qarshi samarali dori vositasi qachon paydo bo‘lishini ma’lum qildi


Koronavirus infeksiyasiga qarshi haqiqatan ham samara beruvchi dori vositasi 2020-yilning kuziga borib paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqda Moskva fizika va texnologiya institutining genom injeneriyasi laboratoriyasi rahbari, virusolog Pavel Volchkovga tayanib, “Izvestiya” xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, gap Amerikaning Regeneron Pharmaceuticals biotexnologik kompaniyasi tomonidan yaratilayotgan dori vositasi haqida ketmoqda. Ularning uslubi immunitet virus bilan kurasha olishi uchun inson organizmiga sun’iy ravishda antitana qo‘shishga mo‘ljallangan.

“So‘nggi relizda ular dori vositasining klinik sinovlarni iyun oyida o‘tkazishni va’da bergandi, dorining o‘zi esa kuzning boshida ishlab chiqarila boshlanadi. O‘ylashimcha, insoniyat yaqin vaqt ichida COVID-19’ga qarshi haqiqatda samara beradigan doriga ega bo‘ladi”, — deydi Volchkov.

Regeneron Pharmaceuticals boshqalar kabi COVID-19 bilan kasallangan odamga antitana qo‘shish borasida sinovlar o‘tkazish o‘rniga o‘ziga xos yo‘ldan ketdi — ular eng yaxshi antanani tanlab olib, klonlashni boshladi. Farmkompaniya sanoat miqyosida antitana ishlab chiqarishni boshlagan.

Avvalroq Hindistonda koronavirusga qarshi antitanalarni aniqlovchi test yaratilgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Rossiyalik biolog COVID-19’ga o‘tkazilgan ayrim testlarning nima uchun xato chiqayotgani sababini tushuntirdi

Eslatib o‘tamiz, aprel oyining boshlarida O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlarning qon zardobidan antitana maqsadida foydalanilishi ma’lum qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют