» » O‘zbekiston Tojikistonga Damas negizidagi tez yordam avtomobillarini yubordi

O‘zbekiston Tojikistonga Damas negizidagi tez yordam avtomobillarini yubordi


UzAuto Motors kompaniyasi tomonidan jihozlangan Damas negizidagi tez tibbiy yordam avtomobillari partiyasi Tojikistonga yuborildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, avtomobillar maxsus tez tibbiy yordam parkini kengaytirish va pandemiya vaqtida bemorlarga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan.

Har bir transport vositasi tibbiy xodimlar uchun qo‘shimcha shaxsiy himoya vositalari bilan jihozlangan. Keyinchalik tibbiy muassasalar orasida tarqatish uchun avtomobillar Tojikiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga topshirilgan.

Avvalroq Tojikistonga shifokorlar bilan bir qatorda konteynerlar, 10 ta sun’iy nafas oldirish apparati va juda ko‘p tibbiy xalat, dori vositalari, qo‘lqop, respiratorlardan iborat insonparvarlik yordami ham jo‘natilgani haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-may kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qilgan. Muloqot chog‘ida davlat rahbarlari koronavirusga qarshi kurash masalasi hamda Sardobada yuz bergan falokatni muhokama qilgan.

Ma’lumot uchun, dunyoda koronavirus tarqalishiga qarshi kurash boshlanganidan buyon O‘zbekiston Xitoyga, Eronga, Afg‘onistonga, Qirg‘izistonga, Tojikistonga, Belarusga, Ozarbayjonga, Vengriya, Tojikistonga insonparvarlik yordamini jo‘natdi. O‘z navbatida O‘zbekiston mazkur pandemiyaga qarshi kurashish uchun Xitoy, BAA va AQShdan yordam oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют