» » Rossiyada bir sutkada yana 10 ming kishida koronavirus aniqlandi. Mamlakatda jami kasallar soni 240 mingdan oshgan

Rossiyada bir sutkada yana 10 ming kishida koronavirus aniqlandi. Mamlakatda jami kasallar soni 240 mingdan oshgan


Rossiyada o‘tgan bir sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 10 028 holat aniqlandi. Bu haqda tezkor shtab ma’lumotlarida keltirilgan.

Mamlakatda COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan buyon COVID-19 bilan kasallanganlar soni 242 271 kishiga yetdi.

Kasallikka chalinish bo‘yicha asosiy holatlar o‘tgan bir sutka ichida Moskva (4703 kishi), Moskva viloyati (962) va Sankt-Peterburgda (435) qayd etilgan. Shuningdek, o‘tgan bir sutka ichida 96 kishi koronavirus qurboniga aylangan bo‘lib, pandemiya boshlanganidan buyon COVID-19 oqibatida vafot etganlar soni 2212 kishiga yetdi.

Mamlakatda hozirga qadar koronavirusdan davolanishga muvaffaq bo‘lganlar soni 48 ming kishidan oshdi (o‘tgan bir sutka ichida +4491 kishi).

Rospotrebnadzor ma’lumotlariga ko‘ra, bir sutka ichida koronavirusga 177 mingga yaqin test olingan bo‘lib, hozirga qadar olingan jami testlar soni 5,9 milliondan oshgan.

Avvalroq Rossiya koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘ringa chiqib olgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin va prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham koronavirus aniqlangan.

Mavzuga doir: 

Eslatib o‘tamiz, Rossiya 7-may kuni koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda beshinchi o‘ringa ko‘tarilgandi, 11-may kuni esa yana 2 pog‘ona ko‘tarilib, 3-o‘rinni egallagandi. Mamlakatda ketma-ket 10 kundan buyon kunlik kasallanishlar soni 10 ming kishidan oshmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют