» » Navoiy viloyati hokimiga yoshlar siyosati va ijtimoiy rivojlantirish ishlar bo‘yicha yangi o‘rinbosar tayinlandi

Navoiy viloyati hokimiga yoshlar siyosati va ijtimoiy rivojlantirish ishlar bo‘yicha yangi o‘rinbosar tayinlandi


Yashin Dushanov Navoiy viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Navoiy viloyat hokimligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Yashin Dushanov 1979-yilda Navbahor tumanida tug‘ilgan. 2003-yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2011-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Yashin Dushanov mazkur lavozimda 2017-yildan buyon ishlab kelgan Faxriddin Soliyevning o‘rnini egalladi.

Yangi hokim o‘rinbosari bugunga qadar bir qator davlat organlarida, jumladan, Navoiy viloyati adliya boshqarmasi hamda viloyat hokimligida mas’ul lavozimlarda faoliyat olib borgan.

Shuningdek, Yashin Dushanov 2013—2016-yillarda Davlat raqobat qo‘mitasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan. U 2016-yildan buyon Navoiy viloyat hokimligi yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha kotibiyati mudiri lavozimida ishlab kelgan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston transport vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют