» » O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 2055 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 2055 nafarga yetdi


Samarqand viloyatida koronavirus infeksiyasiga chalingan 9 nafar bemor sog‘ayib, 13-may kuni reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Tuzalganlarning barchasi Samarqand viloyatidan bo‘lib, 3 nafari Toyloq tumanida, yana 3 nafari Oqdaryo tumanida, 2 nafari Payariq tumanida va 1 nafari Samarqand shahrida yashaydi. Ular koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Sog‘ayganlarning 3 nafari erkak, 6 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 59 yoshda, yoshi kichigi esa 9 yoshda ekani aytilgan.

Samarqand viloyatda shu paytga qadar koronavirusga chalingan 204 nafar bemor qayd etilgan bo‘lsa, ulardan hozirgacha 103 nafar bemor butunlay ushbu infeksiyadan sog‘aydi. Ayni paytda viloyatda 101 nafar bemor davolanmoqda.

Ayni paytga qadar O‘zbekiston bo‘yicha koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2055 nafarga yetdi.

O‘zbekistonda 13-may soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 21 kishiga oshib, 2568 nafarga yetdi, o‘tgan davr mobaynida 10 nafar bemor infeksiya asoratlari oqibatida vafot etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют