» » Janubiy Koreyada robotlar va avtomatik kassalar xizmat ko‘rsatuvchi kinoteatrlar ish boshladi

Janubiy Koreyada robotlar va avtomatik kassalar xizmat ko‘rsatuvchi kinoteatrlar ish boshladi


Janubiy Koreyadagi CJ-CGV kinoteatrlar tarmog‘i Yoido shahridagi zallarini kontaktsiz ish rejimiga o‘tkazdi, deb xabar berdi “Kinopoisk”.

Bu kinoteatr xodimlari bilan koronavirusni yuqtirish xavfi tufayli aloqa qilishni istamaydigan tomoshabinlarni kinoteatrga jalb qilish maqsadida qilindi.

Buning uchun kinoteatr xodimlari o‘rnini sun’iy intellektga ega robotlar, avtomatik kassa va mobil dasturlar egalladi.

Endilikda Yoido shahridagi CGV kinoteatr tarmog‘iga tashrif buyuruvchilar boshqa insonlar bilan bevosita aloqasiz kinoga chipta sotib olishi va zalga o‘tishi mumkin. Ular maxsus avtomatlar orqali yegulik va ichimliklarni ham sotib olishi mumkin.

“Kontaktsiz xizmatlarga bo‘lgan talab oshishi prognoz qilinmoqda. Biz yangilikka tomoshabinlar reaksiyasini o‘rganamiz hamda kontaktsiz xizmat ko‘rsatish tizimini kengaytiramiz”, — deydi kinoteatr vakili.

Kontaktsiz tizimni Lotte Cinema tarmog‘i ham bir necha zallariga joriy etdi.

Mavzuga doir: Xitoyda karantindan keyin kinoteatrlar ochila boshladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют