» » Toshkentda 31 yoshli yigit o‘ldirilib, murdasi bo‘laklarga bo‘lib tashlandi

Toshkentda 31 yoshli yigit o‘ldirilib, murdasi bo‘laklarga bo‘lib tashlandi


Toshkentda 31 yoshli R.R. ismli yigitni o‘ldirib, uning jasadini bo‘laklarga ajratib tashlagan va ijaraga olingan hovliga ko‘mib yuborganlikda gumon qilingan shaxs ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsitdinov “Daryo”ga ma’lum qildi.

1990-yilda tug‘ilgan, Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi, muqaddam sudlangan J.A. fuqaro R.R.dan sotib olish sharti bilan avtomobil ijaraga olgan. U R.R.ning puldorligini bilib, 29 yoshli M.M. va S.A. (ayol) bilan til biriktirib, uning pullarini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritishga qaror qiladi.

Fuqaro R.R. 7-may kuni Lacetti’da uydan chiqib ketib, qaytib kelmagan. Ma’lum bo‘lishicha, shu kuni M.M. Telegram’da R.R. bilan ayol kishi sifatida tanishib, uni S.A. (ayol)ning uyiga taklif qilgan. R.R. soat taxminan 14:00 da S.A.ning uyiga kelganida, J.A. va M.M. unga hujum qilib, do‘pposlab, qo‘l-oyoqlarni bog‘lab, yonidagi 400 dollar va 1 million so‘m pulini olgan.

Ammo jinoiy guruh bundan qanoatlanmay, undan yana pul talab qilgan. Shundan so‘ng ular R.R. Telegram’i orqali uning otasi bilan (R.R.ning nomidan) muloqot qilib, do‘stidan 29 ming dollarni olib, aytilgan manzilga olib kelishni so‘raydi. Jinoiy guruh 7-may kuni soat taxminan 21:45 da pulni R.R.ning do‘stidan pulni qabul qilib oladi.

Shundan so‘ng J.A. jinoiy harakatini yashirish maqsadida 8-mayga o‘tar kechasi Yashnobod tumanidan ikki kun avval ijaraga olgan hovlisiga R.R.ni uning Lacetti’si yukxonasida olib boradi. Hovlida R.R.ni bita bilan qasddan urib o‘ldirib, murdasini bo‘laklarga ajratib, avvaldan qazib qo‘yilgan chuqurga ko‘mib yuboradi.

Ushbu holat bo‘yicha dastlab 11-may kuni Toshkent shahar IIBB tomonidan Jinoyat kodeksining 137-moddasi 1-qismi (odam o‘g‘irlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Keyinchalik ish Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “i” bandi (ta’magirlik niyatida qasddan odam o‘ldirish) va 164-moddasi 3-qismi “g” bandi (badanga og‘ir shikast yetkazgan holda sodir etilgan bosqinchilik) bilan qayta malakalangan.

“Hozirda gumonlanuvchi qo‘lga olingan va tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deya ma’lum qildi Bosh prokuratura vakili.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют