» » Kobuldagi kasalxonaga uyushtirilgan hujum oqibatida halok bo‘lganlar soni 24 kishiga yetdi

Kobuldagi kasalxonaga uyushtirilgan hujum oqibatida halok bo‘lganlar soni 24 kishiga yetdi


Afg‘oniston poytaxtidagi kasalxonaga uyushtirilgan hujum oqibatida halok bo‘lganlar soni 24 kishiga, jarohat olganlar soni esa 16 kishiga yetdi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Avvalroq 13 kishi halok bo‘lgani va 15 kishi jarohat olgani ma’lum qilingandi.

Terrorchi-xudkush 12-may, seshanba kuni Kobuldagi shifoxonaga kiraverishda o‘zini porlatgan, shundan so‘ng jangarilar gospital binosiga bostirib kirgan edi. Tibbiyot xodimlarining bir qismigina binoni tark etishga ulgurgan. Ta’kidlanishicha, mazkur tibbiyot muassasasi “Chegara bilmas shifokorlar” xalqaro gumanitar tashkiloti tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, hujumni uyushtirgan jangarilarning barchasi xavfsizlik kuchlari tomonidan yo‘q qilingan.

Shifoxonadan tashqari, terakt Nangarxar provinsiyasi okrugi politsiyasi rahbarining dafn marosimida ham sodir etilgan. Provinsiya gubernatorining vakili Atolla Xogiyani portlash oqibatida 24 kishi halok bo‘lgani va yana 68 kishi jarohat olganini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir: Afg‘onistonning Badaxshon viloyatida faollashayotgan turli terrorchilik guruhlari orasida O‘zbekiston islomiy harakati ham borligi ma’lum qilindi

Eslatib o‘tamiz, fevral oxirida AQSh hamda “Tolibon” harakati uzoq davom etgan muzokaralardan keyin hududda o‘t ochmaslik haqida kelishib olgan va Afg‘oniston hukumati bilan ham bu borada muzokara olib borilishi ma’lum qilingandi. Kelishuv imzolangach, Kobul qamoqxonalardagi “Tolibon” harakati a’zolarini ozod qilish boshlangan. Mart oyida esa Amerika razvedkasi “Tolibon” harakati kelishuv shartlariga rioya qilish niyatida emasligini ma’lum qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют