» » Rossiyada pandemiya sabab og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonliklarga bir martalik yordam puli beriladi

Rossiyada pandemiya sabab og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonliklarga bir martalik yordam puli beriladi


O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi mazkur mamlakatda koronavirus sababli og‘ir vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonliklarga yordam berish uchun “Mehr” loyihasini ishga tushirdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 14-maydan O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi va Rossiyaning turli hududlaridagi bosh konsulxonalari elchixona ochgan xayriya hisob raqamiga kelib tushgan mablag‘lar hisobidan Rossiyada bo‘lib turgan hamda COVID-19 pandemiyasi sababli joriy qilingan karantin va cheklov choralari sababli og‘ir vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolariga bir marta beriladigan moddiy yordamni to‘lab berishni boshlaydi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi xorijda og‘ir vaziyatda qolgan o‘zbekistonliklarga yordam berish maqsadida maxsus hisob raqami ochdi

Bir martalik moddiy yordam Rossiya hududida bo‘lib turgan quyidagi toifadagi O‘zbekiston fuqarolariga to‘lab beriladi:

Mazkur yordam Rossiyada belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kelib chiqqan holda bir martalik pul mablag‘ini to‘lab berish shaklida amalga oshiriladi.

Moliyaviy yordamni olish uchun elchixona tomonidan maxsus ishga tushirilgan o‘zbek va rus tillaridagi “мехр.рф” portali orqali murojaat yuborish lozim. Alohida qayd etishlaricha, mazkur xayriya aksiyasini amalga oshirishda milliarder Alisher Usmonov ham yordam bergan.

“Elchixona xayriya hisob raqamiga moliyaviy mablag‘lar o‘tkazgan homiylar va sheriklarga minnatdorlik bildiramiz. Vatandoshimiz, taniqli tadbirkor va homiy Alisher Usmonovga u ko‘rsatgan keng ko‘lamli yordami uchun alohida minnatdorlik izhor etamiz”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Mavzuga doir: Alisher Usmonov “Mehr-shafqat va salomatlik” fondiga 20 mln dollar ajratdi

Ehtiyojmand fuqarolarga moliyaviy mablag‘larni ajratish jarayoni shaffofligini ta'minlash maqsadida, elchixona har hafta o‘z rasmiy saytida hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida tegishli hisobotlar e'lon qilib boradi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni vatanga qaytarish uchun 11—24-may kunlari Moskva, Qozon, Sankt-Peterburg, Rostov-Don va Novosibirsk shaharlaridan Toshkentga charter reyslar amalga oshiriladi. Charter reyslarda eng avval bemorlar, homilador ayollar, keksalar va yosh bolalilar olib kelinadi. Mazkur reyslarga chiqish uchun ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Avvalroq Rossiyaning Samara viloyatida Qozog‘iston chegarasidan bir necha o‘n kilometr masofada bo‘lib turgan taxminan 800 nafar O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytishda yordam so‘rab Prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘llagani haqida xabar berilgandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan buyon kasallanganlar soni 242 271 kishiga yetdi. Mamlakatda hozirga qadar koronavirusdan davolanishga muvaffaq bo‘lganlar soni 48 ming kishidan oshdi, pandemiya boshlanganidan buyon COVID-19 oqibatida vafot etganlar soni 2212 kishiga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют