» » Oq uy AQSh vitse-prezidenti o‘zini Donald Trampdan izolyatsiyalaganini ma’lum qildi

Oq uy AQSh vitse-prezidenti o‘zini Donald Trampdan izolyatsiyalaganini ma’lum qildi


AQSh vitse-prezidenti Maykl Pens mamlakat prezidenti Donald Tramp bilan shaxsiy munosabatlarini cheklash bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Keyli Makinani ma’lum qildi.

“Vitse-prezident Trampga bir necha kun davomida yaqinlashmaslikka qaror qilgan. Bu uning shaxsiy qarori”, — deydi Makinani.

9-may kuni Donald Tramp Pensning matbuot kotibi Keti Millerda koronavirus aniqlanganini ma’lum qilgandi. Amerika yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, u Miller bilan aloqada bo‘lmagan, biroq Pens bilan muloqot qilgan.

Keyinroq vitse-prezidentning rasmiy vakili Devin O’Melli Pens o‘z matbuot kotibida koronavirus aniqlanganidan keyin izolyatsiyaga ketmaganini bildirgandi.

“Vitse-prezident Oq uy tibbiyot xizmatining maslahatlariga rioya qilishni davom etmoqda va krantinda saqlanmayapti”, — deydi O’Melli.

Avvalroq AQShda koronavirus bilan kasallanish holatlarining o‘sishi haqida maxfiy ma’lumotlar tarqalgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni 1,369 million kishidan, virus qurbonlari esa 82,3 ming kishidan oshgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют