» » Afg‘onistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 5 kishi koronavirus qurboniga aylandi. Qirg‘iziston va Qozog‘istonda ham bemorlar soni ortmoqda

Afg‘onistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 5 kishi koronavirus qurboniga aylandi. Qirg‘iziston va Qozog‘istonda ham bemorlar soni ortmoqda


Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 138 ta holat qayd etildi, deb xabar beradi Tengrinews.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlarning jami soni 5417 kishiga yetgan. Hozirga qadar 2287 kishi sog‘aygan, 32 kishi virus qurboniga aylangan.

Kasallanish bo‘yicha so‘nggi holatlar quyidagi hududlarda aniqlangan:

Ma’lumot uchun, 20-apreldan boshlab Nur-Sulton va Olmaotada karantin rejimi yengillashtirilgan, sanoat korxonalari, qurilish sohasi va ayrim xizmat ko‘rsatish tarmoqlari o‘z faoliyatini qayta yo‘lga qo‘ygan.

Mavzuga doir: Rossiya—Qozog‘iston chegarasida to‘plangan o‘zbekistonliklar Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘lladi (video)

Qirg‘izistonda esa koronavirusga chalinganlar soni yana 7 kishiga ortib, mamlakatda COVID-19 bilan kasallanganlarning jami soni 1044 kishiga yetgan, deb xabar beradi “Kloop”.

Hozirga qadar koronavirusga chalinganlar bilan aloqada bo‘lgan 4613 kishi aniqlangan. Qirg‘izistonda 1555 kishi observatsiyada qolmoqda.

Ta’kidlanishicha, mamlakatda koronavirusdan davolanishga muvaffaq bo‘lgan bemorlar soni 726 kishiga yetgan bo‘lib, pandemiya boshlanganidan buyon Qirg‘izistonda 12 kishi COVID-19 qurboniga aylangan. Hozirda statsionarlarda 306 kishi davolanmoqda.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev va So‘ronboy Jeenbekov koronavirusga qarshi kurashdagi hamkorlik va Sardobadagi favqulodda vaziyatni muhokama qildi

Afg‘onistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni o‘tgan bir sutka ichida 259 kishiga ortib, 5226 kishiga yetdi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, 1TV telekanali ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan bir sutka ichida besh kishi koronavirus qurboniga aylangan. Mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon 132 kishi COVID-19 infeksiyasi oqibatida vafot etgan. Hozirga qadar 648 bemor koronavirusdan davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga doir: Afg‘oniston prezident saroyida koronavirus tarqalishiga zararlangan hujjat sabab bo‘ldi

O‘zbekistonda 13-may soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 2568 nafarga yetdi, o‘tgan davr mobaynida 10 nafar bemor infeksiya asoratlari oqibatida vafot etdi. Mamlakatda jami 2055 nafar bemor koronavirusdan sog‘aygan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют