» » AQSh Peterburgdagi yong‘indan so‘ng Rossiya yetkazib bergan sun’iy nafas oldirish apparatlaridan foydalanmaydigan bo‘ldi

AQSh Peterburgdagi yong‘indan so‘ng Rossiya yetkazib bergan sun’iy nafas oldirish apparatlaridan foydalanmaydigan bo‘ldi


AQSh hukumati Rossiya yetkazib bergan sun’iy nafas oldirish apparatlaridan foydalanishdan voz kechdi, deb xabar bermoqda Reuters Favqulodda vaziyatlarni nazorat qilish federal agentligi (FEMA)ga tayanib. Avvalroq Rossiyaning ikki kasalxonasida yong‘in sodir bo‘lgan, ulardan biriga sun’iy nafas oldirish apparati sabab bo‘lgan, deb taxmin qilinayotgan edi.

“Ehtiyot chorasi sifatida shtatlar sun’iy nafas oldirish apparatlarini FEMA’ga qaytarib bermoqda”, — deyiladi agentlik xabarida. Qayd etilishicha, apparatlar hali kasalxonalarga yuborilmagan va mamlakat hududida qo‘llanilmagan.

16-aprelda AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaga o‘pkani sun’iy nafas oldirish uskunalarini yetkazib berishda ko‘mak berishga tayyorligini ma’lum qilgandi.

Aprel oyi boshlarida esa Rossiya AQShga koronavirusga qarshi kurashish uchun ijtimoiy yordam yuborgan edi. Unda tibbiy himoya vositalari va texnikalar, shu jumladan, sun’iy nafas oldirish apparatlari ham bo‘lgan. AQSh davlat departamentining rasmiy vakili Morgan Orteus yuklar beminnat tarzda emas, bozor narxida bo‘lmagan to‘lov evaziga yuborilganini aytgan. Rossiya TIVning rasmiy vakili Mariya Zaxarova yuk narxining yarmi Rossiya investitsiya fondi tomonidan, qolgan qismi esa Amerika tomonidan qoplanganini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Peterburgdagi koronavirusga chalinganlar davolanayotgan kasalxonada 12-may kuni yuz bergan yong‘inda 5 nafar bemor halok bo‘ldi. 9-may kuni esa Moskva shimolida koronavirusga chalinganlar davolanayotgan Spasokukotsk nomidagi shahar klinik kasalxonasi korpuslaridan birida ham yong‘in yuz bergan. Unda kasalxonaning jonlantirish bo‘limidagi bemorning shaxsiy buyumlari va qurilmalari yonib ketgan. Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, 3 kishi jabrlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют