» » “Barselona” “Inter” va “Manchester Siti” bilan uch tomonlama transfer ustida ishlamoqda

“Barselona” “Inter” va “Manchester Siti” bilan uch tomonlama transfer ustida ishlamoqda


“Barselona” klubi “Inter” hujumchisi Lautaro Martinesni qo‘lga kiritishning turli choralarini ko‘rib chiqmoqda.

Diario Sport nashrining xabar qilishicha, katalon klubi futbolchi va qo‘shimcha to‘lov evaziga Lautaroni sotib olish borasida “Inter” bilan kelishuvga erishgan.

Ushbu masala yuzasidan “Barselona” uch tomonlama transfer rejasini amalga oshirmoqchi: “Barselona” himoyachisi Nelson Semedu “Manchester Siti”ga yo‘l oladi, “shaharliklar” himoyachisi Joau Kanselu “Inter”ga o‘tadi, milanliklar esa Lautaro transferi borasida “Barselona”ga chegirma joriy qiladi.

Semedu “Siti” safiga o‘tishni istamoqda, ingliz klubi ham futbolchiga jiddiy taklif bilan chiqqan. Ma’lumot uchun, joriy mavsum Lautaro klub miqyosida 31 o‘yin o‘tkazib, 16 gol va to‘rtta samarali uzatmaga muallif bo‘ldi.

Mavzuga doir: “Barselona” Lautaro uchun 80 mln yevro va uchta futbolchisini taklif qildi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют