» » Madrid klublari uchun atalgan kun. “Atletiko” yarim finalga yo‘llanma oldi

Madrid klublari uchun atalgan kun. “Atletiko” yarim finalga yo‘llanma oldi


Yevropa Chempionlar ligasining nimchorak finalida Germaniyaning “Bayer” klubiga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ygan “Atletiko”, bu safar “Lester” dovonidan o‘ta oldi va yarim finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Tomonlarning “Visente Kalderon” stadionida o‘tgan birinchi uchrashuvida Antuan Grizmanning penaltidan urgan yagona goli o‘yin taqdini hal qilgandi. “Lester” stadionidagi bellashuv esa 1:1 hisobi bilan yakuniga yetdi.

Bir yil muqaddam Chempionlar ligasining finaliga qadar yetib borish uchun “Atletiko” g‘oliblikka asosiy da’vogar bo‘lgan “Barselona”, “Bavariya” kabi klublarni turnirdan chiqarib yuborgandi. Bu safar esa yarim finalga qadar Diyego Simeone jamoasiga Germaniya va Angliya chempionatlarining o‘rtamiyona jamoalari raqib bo‘ldi.

Shu tariqa “Lester”ning Chempionlar ligasidagi ertagi chorak finalda o‘z yakuniga yetdi.

Yevropa Chempionlar ligasi
Chorak final
18-aprel, seshanba

Gollar: Saul, 26 (0:1). Jeymi Vardi, 61 (1:1).
Birinchi o‘yin: 0:1

Опубликовано: admin (19-04-2017, 05:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют