» » Tailandda o‘tgan bir sutkada 2 oydan buyon ilk marta koronavirusga chalinish va o‘lim holati qayd etilmadi

Tailandda o‘tgan bir sutkada 2 oydan buyon ilk marta koronavirusga chalinish va o‘lim holati qayd etilmadi


Tailandda 9-martdan buyon birinchi marta bir sutka davomida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha birorta ham holat qayd etilmadi. Bu haqda “TASS“ xabar berdi.

Tailand Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ma’lum qilinishicha, 13-may holatiga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 3017 nafarni tashkil etmoqda.

Qirollikning koronavirusga qarshi kurash markazi matbuot kotibi hali pandemiya tugamagani sababli aholini xotirjamlikka berilmaslikka hamda belgilangan qoidalarga amal qilishga chaqirgan. Uning qayd etishicha, kasallanish bilan bog‘liq ko‘plab yangi holatlar avval kasallanganlar bilan bog‘liq. Bundan tashqari, xorijdan qaytgan ko‘plab fuqarolar karantinda turibdi.

Ta’kidlanishicha, so‘nggi bir sutkada koronavirus bilan bog‘liq o‘lim ham qayd etilmagan. Tailandda koronavirus oqibatida jami 56 kishi vafot etgan. So‘nggi bir sutkada 46 kishi kasallikdan tuzalgan. Tuzalganlarning umumiy soni 2844 kishiga yetgan. Kasalxonalarda ayni paytda 117 kishi davolanmoqda.

Tailandda koronavirusga chalinish bo‘yicha birinchi holat 13-yanvarda aniqlangan. 22-mart kuni mazkur mamlakatda kasallanish bo‘yicha eng yuqori jo‘rsatkich qayd etilgan — 188 kishida koronavirus aniqlangan. Mamlakat hududida 3-apreldan buyon soat 22:00 dan 04:00 gacha komendantlik soati joriy qilingan. Mazkur rejimni buzganlar ikki yilgacha qamalishi va (yoki) 1200 dollar miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.

Avvalroq Vyetnamda bir hafta ichida hech kim koronavirusga chalinmagani uchun karantin rejimi bekor qilingandi. Mazkur mamlakatning yirik shaharlarida kafelar va do‘konlarning faoliyat yuritishiga ruxsat berilgan, maktablar ochilgan, jamoat transporti o‘z ishini qayta tiklagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют