» » AQShda bir sutkada 21 mingdan ortiq odamda koronavirus aniqlandi, 1674 kishi kasallikdan vafot etdi

AQShda bir sutkada 21 mingdan ortiq odamda koronavirus aniqlandi, 1674 kishi kasallikdan vafot etdi


AQShda so‘nggi bir sutkada 21 mingdan ortiq odamda koronavirus aniqlandi, 1600 nafardan ortiq bemor kasallik oqibatida vafot etdi. Bu haqda Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘tgan bir sutkada qayd etilgan yangi holatlar soni 21 495 tani tashkil qilgan. Shu vaqt ichida 1674 nafar bemor kasallik qurboniga aylangan.

Universitet ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 1,37 million kishidan, kasallik oqibatida vafot etganlar soni esa 82 389 nafardan oshgan, 230 287 kishi kasallikdan tuzalishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga doir: AQShda koronavirus bilan kasallanish holatlarining o‘sishi haqida maxfiy ma’lumotlar tarqaldi

Avvalroq Vashington shtati universitati qoshidagi Sog‘liqni o‘lchash va baholash instituti mutaxassislari AQShda koronavirus qurbonlari soni 2020-yil avgust oyining boshida 147 ming kishiga yetishini taxmin qilgandi.

Avvalroq institut AQShda COVID-19 qurbonlari soni 4-avgustga borib 134 475 kishiga yetishi prognoz qilingan modelni taqdim etgandi. Keyinroq AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda koronavirus qurbonlari sonining ortishi to‘g‘risidagi prognozlarni xato deb atagan edi.

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp 3-may kuni AQShda koronavirus oqibatida vafot etadigan bemorlar soni 75 mingdan 100 ming kishigacha yetishi mumkinligini aytgan. U avval 60-65 ming atrofida odam kasallikdan o‘ladi degan bo‘lsa, Fox News’ga bergan intervyusida vafot etganlarning soni 75-100 mingga yaqin bo‘lishini taxmin qilgan.

Mavzuga doir: AQSh bosh infeksionisti koronavirus nazorat qilib bo‘lmaydigan darajada tarqalishi mumkinligi haqida ogohlantirdi

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyoda COVID-19 kasalligidan 1 502 620 kishi tuzalgan. Kasallik oqibatida vafot etgan bemorlar soni esa 292 311 kishiga yetgan. Kasallanganlarning umumiy soni 4 278 180 kishini tashkil qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют