» » Yangi Mercedes-Benz S-Class’ning tashqi ko‘rinishi va interyerining suratlari premyeradan oldin ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketdi

Yangi Mercedes-Benz S-Class’ning tashqi ko‘rinishi va interyerining suratlari premyeradan oldin ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketdi


Yangi Mercedes-Benz S-Class’ning tashqi ko‘rinishi va interyeri premyeradan oldin to‘liq ma’lum bo‘ldi. Test prototiplaridan biri Xitoyda kameraga muhrlangan — guvohlar mashina kuzovi va salonini ham suratga tushirishga muvaffaq bo‘lgan. W223 seriyasida flagman sedani Xitoyga ichki taqdimot uchun olib kelingan bo‘lishi mumkin, deb xabar beradi Motor.

Mercedes-Benz S-Class avlodining almashishi bilan inqilobiy dizayn o‘zgarishlari kutilmoqda: orqa vertikal fonarlardan yukxona tepasidagi gorizontal seksiyalar hisobiga voz kechilgan, old faralar ingichkalashgan, optika tasviri o‘zgargan.

Orqa tomonidagi xromlangan ikkita “vstavka” o‘rniga bitta qolgan, radiator panjarasining shakli ham murakkablashgan: endilikda u qirralari yoysimon yetti burchakli detalni yodga solаdi.

Salon arxitekturasi to‘liq qayta ko‘rib chiqilgan: MBUX multimediya kompleksidan alohida keng o‘lchamli qurilmalar paneli va deyarli kvadrat shaklga ega ma’lumot beruvchi planshet tizimi foydasiga voz kechilgan.

“Raqamli” interyerda firmaning an’anaviy soatlariga joy topilmagan, turli tugmalar soni esa keskin kamaytirilgan. Yechiluvchan planshetlar esa orqa o‘rindiqdagi yo‘lovchilar uchun asosiy jihozga aylanishi mumkin.

S-Class’ga kiruvchi flagman sedani haqida qolgan ma’lumotlar yaqin vaqtlar ichida ma’lum bo‘ladi, chunki model premyerasi 2020-yil oxiriga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mavzuga doir: Bentley charmi bilan bezatilgan Mercedes-Benz miniveni taqdim etildi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют