» » Boysun hokimligi eski bozor oldidagi ekskavator kabel yotqizish uchun kelganini aytgandi. AKT vazirligi kabel yotqizish ishlari 6-may kuni tugaganini ma’lum qildi

Boysun hokimligi eski bozor oldidagi ekskavator kabel yotqizish uchun kelganini aytgandi. AKT vazirligi kabel yotqizish ishlari 6-may kuni tugaganini ma’lum qildi


Surxondaryo viloyati Boysun tumani hokimligi 2020-yilning 12-may kuni internetda “Boysun tumani hokimi eski bozorni buzdirib, savdogarlarni yangi bozorga o‘tkazmoqchi” mazmunida tarqalgan videoga rasmiy munosabat bildirgandi.

Hokimlik munosabatida eski bozor oldiga keltirilgan ekskavator bozorni buzish uchun emas, balki optik tolali kabel yotqizish uchun jalb qilingani aytilgandi. Unga ko‘ra, eski bozorga kiraverishdagi chorrahada turgan ekskavator bozorni buzish uchun emas, balki “O‘zbektelekom” AK viloyat filiali Boysun telekommunikatsiya bog‘lamasi tomonidan Alisher Navoiy hamda Istiqlol ko‘chalari bo‘ylab xalqaro optik tolali aloqa kabelini yotqizish maqsadida bu ko‘chada qazish ishlarini bajarish uchun jalb qilingan.

O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ma’lum qilishicha, Boysun tumanidagi “Tuzbozor” mahallasi hududida joylashgan mazkur eski bozorga kirish qismidagi chorrahada turgan ekskavatorning “O‘zbektelekom” kompaniyasi Surxondaryo filiali Boysun telekommunikatsiya bog‘lanmasi ish faoliyatiga aloqasi yo‘q.

Vazirlik Boysun tumani hokimligining rasmiy bayonotidan kelib chiqib ma’lum qilishicha, mazkur hududda “Magistral va multiservis ma’lumotlar uzatish tarmog‘ini kengaytirish” (DWDM) loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyihani amalga oshirish uchun “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi Surxondaryo filiali Boysun telekommunikatsiya bog‘lanmasi tuman markazidagi Alisher Navoiy hamda Istiqlol ko‘chalari kesishmasida 200 metrli kanalizatsiyani qurish ishlarini olib borgan. Qurilish ishlari 2020-yil 6-may kuni tugatilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют