» » Ayubxon Bobomirzayev Namangan shahar hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

Ayubxon Bobomirzayev Namangan shahar hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi


Namangan shahar hokimligi apparatida muhim lavozim o‘zgarishlari yuz berdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Ayubxon Bobomirzayev Namangan shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Ayubxon Bobomirzayev 1971-yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. 1993-yilda Namangan sanoat-texnologiya instituti, 2003- yilda Namangan muhandislik-pedagogika instituti va 2005-yilda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

U shu kunga qadar Namangan shahar hokimining o‘rinbosari — Investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelayotgandi.

Muzaffar Abdullayev Namangan shahar hokimining o‘rinbosari — Investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi.

U 2019-yil noyabridan beri Namangan shahar hokimining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.

Mavzuga doir: Olimjon Isayev Namangan shahri hokimi etib tayinlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют