» » O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 2076 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 2076 nafarga yetdi


Qoraqalpog‘iston Respublikasida 13-may kuni bir nafar, Xorazm viloyatida 14 nafar, Buxoro viloyatida olti nafar — jami 21 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, Qoraqalpog‘istonda koronavirus infeksiyasidan to‘liq sog‘ayganlar soni 110 nafarga, Xorazmda 210 nafarga, Buxoroda esa 433 nafarga yetgan.

Avvalroq 13-may kuni Farg‘ona viloyatida olti kishi, Samarqand viloyatida esa to‘qqiz kishi koronavirusdan sog‘aygani haqida xabar berilgan edi. Shunday qilib, 13-may davomida O‘zbekistonda 36 kishi koronavirusdan tuzaldi.

“O‘zbekiston bo‘ylab koronavirusdan sog‘ayganlar 2076 nafarni tashkil etmoqda”, — deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborotida. Jami kasallanish holatlari soni 2596 tani tashkil etmoqda (13-may 20:45 holatiga 509 bemor davolanishni davom ettirmoqda); 11 nafar bemor vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют