» » Behzod Musayev bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlandi

Behzod Musayev bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlandi


Shavkat Mirziyoyev raisligida 13-may, chorshanba kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Behzod Musayev va Sherzod Kudbiyev yangi lavozimlarga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan. Qaror bilan bosh vazirga yangi vazifalar yuklatilgan, uning o‘rinbosarlari o‘rtasida ham vazifalar qayta taqsimlangan.

Xabarda aytilishicha, ijtimoiy sohaning ahamiyati ortib borayotgani bois bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy etildi. Bu lavozimga shu kungacha Davlat soliq qo‘mitasi raisi vazifasida ishlab kelgan Bekzod Musayev tayinlandi.

Shuningdek, Davlat soliq qo‘mitasi rahbarligiga Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sherzod Kudbiyev tayinlangani ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda Samarqand va Qashqadaryo viloyati hokimlari, boshqa hudud va tarmoqlar rahbarlari belgilangan vazifalar ijrosini tashkil etish yuzasidan hisobot berdi.

Eslatib o‘tamiz, ularning ushbu lavozimlarga tayinlanishi kutilayotgani haqida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Yuksalish” umummilliy harakati raisi Akmal Burhonov ma’lum qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют