» » Sayxunobod tumani aholisi ko‘chma “Jamoatchilik qabulxonasi”da deputatlar tomonidan qabul qilindi

Sayxunobod tumani aholisi ko‘chma “Jamoatchilik qabulxonasi”da deputatlar tomonidan qabul qilindi


O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Sirdaryo viloyati kengashi a’zolari Sayxunobod tumanida bir qator mahallalar fuqarolari bilan muloqot o‘tkazdi, deb xabar beradi O‘zA.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi a’zolari, partiya markaziy kengashi mas’ul xodimlari, xalq deputatlari Sirdaryo viloyati va Sayxunobod tumani Kengashlaridagi partiya guruhi a’zolari, viloyat sog‘liqni saqlash, mehnat boshqarmalari, banklar, byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi vakillari, jurnalistlar ishtirok etdi.

Deputatlar “Xalq salomatligi – oliy qadriyat”, “Xalq bilan muloqot – ijtimoiy muammolarni hal etishning eng samarali yo‘li” loyihalari doirasida Ittifoq, Paxtakor, Nurobod va Gulbuloq mahallalarida bo‘lib, kam ta’minlangan oilalar, nogironlar, ijtimoiy yordamga muhtoj keksalar holidan xabar oldi, sovg‘alar ulashdi. Muloqotlarda iqtisodiy infratuzilma va tadbirkorlikni rivojlantirish, moliya-kredit muassasalari ishini samarali tashkil etish, qishloq aholisiga tibbiy, maishiy va savdo xizmati ko‘rsatish sifatini oshirish, aholi, ayniqsa, yoshlarni ishga joylashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, “Xalq salomatligi – oliy qadriyat” loyihasi doirasida Sayxunobod tumanining Ittifoq mahallasida kam ta’minlangan oilalar vakillari, onalar va bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Muloqotlar chog‘ida har bir tashkilot rahbari o‘z oldiga qo‘yilgan vazifa va rejalar to‘g‘risida axborot berdi. Mavjud muammolar bo‘yicha savollarga atroflicha javob qaytardi.

Loyihalar doirasida ko‘chma “Jamoatchilik qabulxonasi” tashkil etilib, unda fuqarolar Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zolari tomonidan qabul qilindi. Ko‘tarilgan ijtimoiy ahamiyatga molik muammo va masalalar partiya fraksiyasi orqali tegishli vazirlik va idoralarga yetkaziladigan bo‘ldi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-04-2017, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 50) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют