» » AQSh hukumati Putin va Kim Chen In sog‘lig‘idan xavotir olishga hech qanday asos ko‘rmayotganligini bildirdi

AQSh hukumati Putin va Kim Chen In sog‘lig‘idan xavotir olishga hech qanday asos ko‘rmayotganligini bildirdi


AQSh Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning sog‘lig‘idan xavotir olishga asos bo‘luvchi hech qanday sabab ko‘rmayapti. “RBK”ning yozishicha, bu haqda jurnalistlarga Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Robert O’Brayen ma’lum qilgan.

“Prezident (Tramp) o‘tgan haftada Putin bilan suhbatlashgan edi. U yaxshi kayfiyatda va tetik edi. Bizda buning aksi deb taxmin qilish uchun sabab yo‘q”, — degan O’Brayen.

Bundan tashqari AQSh hukumati KXDR yetakchisi Kim Chen In ham salomat, degan fikrda. “U o‘g‘it zavodi ochilishida lentalarni kesgandi, demak aftidan, unda hammasi joyida”, — deya qo‘shimcha qilgan Tramp maslahatchisi.

Mavzuga doir: KXDR OAVlarida 20 kundan beri ilk bor Kim Chen Inning suratlari paydo bo‘ldi

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida CNN telekanali Kim Chen Inning yuragi operatsiya qilingani va sog‘lig‘i yomonlashgani haqida xabar bergandi. Unda Kim Chen In so‘nggi marta 11-aprel kuni ommaga ko‘rinish bergani, shuningdek, u Kim Ir Sen tug‘ilganiga 108 yil to‘lishi munosabati bilan 15-apreldagi marosimni o‘tkazib yuborgani ta’kidlangan. Yaponiyaning Shukan Gendai nashri u operatsiyadan keyin og‘ir ahvolda ekanini yozgan. Shundan so‘ng xorijdagi bir qator OAVda Shimoliy Koreya yetakchisining sog‘lig‘i xavf ostida ekani haqidagi xabarlar tarqalishiga sabab bo‘lgan.

Biroq AQSh prezidenti Donald Tramp Kim Chen Inning sog‘lig‘i yomonlashgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar xato ekanligini bildirib, CNN’ga doim ham ishonavermasligini aytgan. 27-aprel kuni Janubiy Koreya prezidenti maslahatchisi KXDR yetakchisi soppa-sog‘ ekanligini ma’lum qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют