» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 2612 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 2612 nafarga yetdi


O‘zbekistonda 13-may soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 16 kishiga oshib, 2612 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

16 ta yangi kasallanish holatining 11 tasi xorijdan kelib, karantinga olingan, qolgan 5 tasi oldindan karantin muassasalarida kuzatuvda bo‘lgan fuqarolar orasida aniqlandi.

“Mamlakatimizda davolanayotgan 525 nafar bemordan 12 nafari og‘ir ahvolda. Shifokorlarimiz tomonidan barcha bemorlarga standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda”, — deyiladi SSV xabarida.

Avvalroq O‘zbekistonda 13-may soat 18:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 28 kishiga oshib, 2596 nafarga yetgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, hozirgacha O‘zbekistonda 2076 nafar kishi koronavirusdan sog‘aygan, 11 nafar bemor esa infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют