» » Navoiyda yog‘gan kuchli yomg‘ir tufayli dala maydonlari, xonadonlar va boshqa obyektlarga qancha ziyon yetgani ma’lum qilindi

Navoiyda yog‘gan kuchli yomg‘ir tufayli dala maydonlari, xonadonlar va boshqa obyektlarga qancha ziyon yetgani ma’lum qilindi


Navoiy viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi 13 may kuni soat 02:25—04:30 oralig‘ida viloyatning bir qator hududlarida kuchli yog‘ingarchilik (yomg‘ir) tufayli ayrim ko‘chalar hamda dala hovlilar tomorqalarida sel suvlari to‘planishi kuzatilgani va tabiiy ofat oqibatida qancha ziyon ko‘rilgani yuzasidan ma’lumot berdi.

Zarafshon shahri hamda “Duagistau” mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi bir necha ko‘chalarda ko‘p miqdordagi yomg‘ir suvlarining (sel) kelishi natijasida ayrim turar joylarga qisman zarar yetgan.

Jumladan, sel suvlari Zarafshon shahridagi “Chorbog‘ — Zarafshon” bog‘dorchilik jamiyatiga qarashli dala hovlilarda vaqtincha yashovchi aholi xonadonlari tomorqalariga kirib borgan.

Aholining xavfsizligini ta’minlash maqsadida ushbu hududdagi 120 nafar fuqaro Zarafshon shahridagi doimiy yashash uylariga o‘tkazilgan. Shuningdek, shahardagi Olchazor va Mevazor ko‘chalarida kuchli sel suvlarining oqib o‘tishi natijasida bitta yashash xonadoni devori qisman zarar ko‘rgan hamda ikkita xonadonning o‘rab turuvchi qo‘rg‘on devorlari yiqilgan.

Bundan tashqari, yog‘ingarchilik tufayli Tomdi tumani hududidagi 4R57 avtomobil yo‘lining ayrim qismlariga qisman zarar yetgan.

Hududlarda to‘plangan suvlarni ariq va shahar kanalizatsiya tarmoqlariga yo‘naltirish, yetkazilgan oqibatlarini bartaraf etish hamda aholiga tegishli tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida viloyat favqulodda vaziyatlar hamda ichki ishlar boshqarmalari, Milliy gvardiya hamda tibbiyot xodimlari, shuningdek, zarur texnika vositalari jalb etilgan.

Zarafshon shahri va Tomdi tumanlarining yog‘ingarchilikdan zarar ko‘rgan hududlarida elektr tarmoqlari, gaz ta’minoti korxonasi hamda boshqa tegishli soha mutaxassislari tomonidan tezkor va zarur chora-tadbirlar olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Avval Zarafshondagi sel oqibatida kamida 300 kishi evakuatsiya qilingani haqida xabar berilgan va internetda ushbu hodisaning videosi tarqalgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют