» » Toshkentda koronavirusga chalingan yana bir homilador ayol farzandli bo‘ldi

Toshkentda koronavirusga chalingan yana bir homilador ayol farzandli bo‘ldi


Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkentdagi 3-sonli tug‘ruq majmuasida koronavirus infeksiyasi qayd etilgan homilador ayolning farzandligi bo‘lganini xabar qildi.

Xabarga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi aniqlanib, mazkur tug‘ruq majmuasiga olib kelingan 31 yoshli homilador ayol B. o‘g‘il farzandli bo‘ldi.

Ayol Toshkent viloyatidan bo‘lib, 2020-yil 10-may kuni Rossiyadan charter reys orqali olib kelingan. Unda koronavirus aniqlanib, tug‘ruq majmuasiga olib kelingach, birinchi navbatda analiz tahlillari olinib, homilador belgilangan standartlar bo‘yicha chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.

Tashxis natijalariga ko‘ra, tajribali mutaxassislar tavsiyasi bilan tug‘ruqni shoshilinch tartibda, operatsiya yo‘li bilan amalga oshirish tavsiya etilib, tayyorgarlik ko‘rilgan. 13-may kuni ushbu amaliyot oliy toifali shifokor Komil Jumayev boshchiligidagi shifokorlar tomonidan muvaffaqiyatli, asoratsiz yakuniga yetkazildi.

Ayni paytda chaqaloqning holati qoniqarli bo‘lib, onasi bilan birga neonatolog, akusher-ginekologlarning tibbiy kuzatuvida bo‘lib turibdi.

Avvalroq Toshkentda koronavirus infeksiyasi aniqlangan homilador ayol qiz farzandli bo‘lgani, koronavirusga chalingan yuragi xasta homilador ayol o‘g‘il farzandli bo‘lgani, 23-aprelda Toshkentda tug‘ruqxonaga borishga ulgurmagan ayol PPX mashinasida farzandini dunyoga keltirgani, shuningdek, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida homilador ayol shifoxonaga vertolyotda olib borilgani, ayol o‘g‘il farzandli bo‘lgani, keyinroq chaqaloqqa viloyat hokimi sovg‘asi topshirilgani haqida xabarlar berilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют