» » Rossiyada 100 yoshga to‘lgan ayol tug‘ilgan kunida koronavirusdan sog‘aydi

Rossiyada 100 yoshga to‘lgan ayol tug‘ilgan kunida koronavirusdan sog‘aydi


Rossiyada ilk bor 100 yoshli ayol koronavirusdan sog‘aydi, deb xabar bermoqda “Interfaks” Rossiya Federal biotibbiy agentligi (FBTA)ga tayanib.

Qayd etilishicha, kasallangan ayol Pelageya Poyarkova 13-may — o‘zining tug‘ilgan kunida virusdan tuzalgan va kasalxonadan chiqqan.

Ayol moskvalik bo‘lib, kasalxonada rejali davolanayotgan bo‘lgan. Uning palatadoshida koronavirus aniqlangan va unga ham virus yuqqan. Shundan so‘ng tegishli alomatlar va tasdiqlangan tahlil natijalari bilan FBTAning Miya va neyrotexnologiya markaziga yotqizilgan va shu yerda davolangan.

Avvalroq 104 yoshli italiyalik ayol koronavirusdan tuzalgani, 107 yoshli niderlandiyalik ayol koronavirusdan tuzalgan eng keksa bemor bo‘lgani xabar berilgan edi. Shuningdek, Braziliyada 99 yoshli urush faxriysi ham koronavirusdan tuzalgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan buyon kasallanganlar soni 242 271 kishiga yetdi. Mamlakatda hozirga qadar koronavirusdan davolanishga muvaffaq bo‘lganlar soni 48 ming kishidan oshdi. Rossiya koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turibdi.

Mavzuga doir: Rossiyalik biolog COVID-19’ga o‘tkazilgan ayrim testlarning nima uchun xato chiqayotgani sababini tushuntirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 00:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 67) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют