» » Ronaldu O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi libosida ko‘rinish berdi. Buning uchun pul to‘landimi yoki Habib Nurmagomedov yordam berdimi?

Ronaldu O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi libosida ko‘rinish berdi. Buning uchun pul to‘landimi yoki Habib Nurmagomedov yordam berdimi?


Bir necha kun oldin 5 karra “Oltin to‘p” sohibi, “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi logotipi tushirilgan libosda ko‘rinish berdi.

Instagram’da 218 millionlik obunachiga ega Ronaldu o‘sha libosda bolalari bilan birga tushgan suratiga “Eng buyuk muhabbat” deya izoh qoldirdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi ham o‘zining Instagram’dagi sahifasida bir post qoldirdi. Unda quyidagi jumlalar aks etgandi: “Krishtianu Ronaldu ‘UMMAA.UZ’ futbolkasida. Har doimgidek u to‘g‘ri tanlov qildi”.

Bu voqealardan keyin ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasining Ronalduga ushbu libosni kiyib, tashkilotni reklama qilishi uchun katta pul to‘lagani haqida xabarlar aylandi. “Daryo” ushbu voqeliklarga izoh so‘rab, tashkilotning birinchi vitse-prezidenti Sherzod Toshmatov bilan bog‘landi.

Dastlab Sherzod Toshmatov assotsiatsiyaning Krishtianu Ronaldu “UMMAA.UZ” libosida chiqqanligiga munosabatini quyidagicha bayon etdi:

“Biz assotsiatsiya futbolkasida dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan birini ko‘rib hayratga tushdik desam, hech kimni hayron qoldirmagan bo‘laman deb o‘ylayman. Ha, biz Krishtianuning boshqa ko‘plab sport yulduzlari singari, o‘tgan yili esdalik sifatida sovg‘alarimizni qabul qilganini bilardik. O‘shanda bir qator mashhur kishilarga ham bunday buyumlar yuborilgandi. Ammo keling, haqiqatni tan olaylik, bu darajadagi mashhur kishidan nafaqat futbolkani kiyishini, balki o‘zining Instagram sahifasiga uni kiygan holdagi suratni qo‘yishidan umid qilish imkoniyati pas edi. Bu yerda esa gap Ronalduning 218 million obunachisi bo‘lgan Instagram profili haqida ketmoqda. Tabiiyki, biz bundan, albatta, xursand bo‘ldik va bizni tushunishish mumkin. Keyin esa ijtimoiy tarmoqlarda biz Ronalduga to‘lagan pullar to‘g‘risida turli xil bo‘lmag‘ur gaplar paydo bo‘la boshladi, biroq bu shunchaki, kulgili. Faqatgina suratga qarash va uning Nike brendi ostida (Ronalduning kompaniya bilan reklama borasida shartnomasi bor) suratga tushgan rasmlari bilan taqqoslanganda darhol hamma narsa ayon bo‘ladi: u holatda hammasi brendni reklama qilish maqsadida oldindan rejalashtiriladi, bunisida esa futbolchi shunchaki oila davrasida o‘zi uchun qulay bo‘lgan futbolkada logotipning ko‘rinishi haqida qayg‘urmasdan dam olishga qaror qilgan. Men buni oldin ham aytganman va yana takrorlayman,biz ikki oy avval yangi UMMAA logotipini e’lon qilganmiz va bu futbolka Ronalduning shaxsiy tanlovi ekanligini yana bir bor isbotlaydi. Darvoqe, ajoyib tanlov!”.

Habib Nurmagomedov O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi bilan yaqin do‘st hisoblanishi, o‘z navbatida Habib va Ronaldu ham ancha yaqinligi, tashkilot libosini kiyishiga Habibning aloqasi bo‘lishi mumkinligi haqidagi savolga esa Toshmatov quyidagicha javob berdi:

“Habib Nurmagomedovni haqiqatan ham assotsiatsiyamizning yaqin do‘sti deb atasa bo‘ladi. MMA’ning yorqin vakili sifatida uning qo‘llab-quvvatlashi bizning yosh tashkilotimiz uchun muhim ahamiyat kasb etadi. U shaxs sifatidagi namunasi, muvaffaqiyati tarixi, insoniy fazilatlari bilan sportga endi kirib kelayotgan ko‘plab yoshlar uchun qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. Men Habibning o‘zi UMMAA markali aksessuarlarni kiyishdan mamnun bo‘lishini bilaman, biroq u Ronaldu yoki boshqa birovga ham xuddi shunday qilishni tavsiya qilgan deb o‘ylamayman. U yoki bu formani kiyish – juda nozik masala, shu bois bunday so‘rovlar yetakchi brendlar bilan qat’iy shartnomalar bilan bog‘langan jahon darajasidagi sportchilar orasida ahamiyatli bo‘lmaydi”.

Assotsiatsiyaning birinchi vitse-prezidenti o‘zbekistonlik MMA sportchilarining karantin vaqtidagi holati va nimalar bilan mashg‘ulligi haqida ham gapirib o‘tdi:

“Yaxshi sport formasini ushlab turish – sportchilar uchun birinchi galdagi vazifa hisoblanadi. Baxtimizga, karantin qoidalari joriy etilguniga qadar biz aralash jang san’atlari bo‘yicha birinchi O‘zbekiston chempionatini o‘tkazishga va milliy terma jamoani shakllantirishga muvaffaq bo‘lgandik. Hozirgi vaqtga kelib, barcha yigitlarimiz o‘zini-o‘zi yakkalash holatida va ularning hammasi karantin qoidalariga amal qilmoqda. Shu bilan birga ular Zoom ilovasi va Instagram’dagi jonli efirdan foydalanib, muntazam ravishda mashg‘ulotlarni onlayn rejimda olib bormoqda va terma jamoa bosh murabbiyi bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi”.

Toshmatov koronavirus pandemiyasi boshqa sport turlarida bo‘lgani kabi assotsiatsiyaning yaqin kelajakdagi rejalarini ham o‘zgartirib yuborganini ta’kidlab o‘tdi:

“Hozirgi vaziyatni hisobga olib, aniq rejalar haqida gapirish oson emas. COVID-19 pandemiyasi, sport taqvimlariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi: O‘zbekiston va butun dunyoda deyarli barcha sport musobaqalari bekor qilindi yoki qoldirildi. MMA’ni yanada ommalashtirish, yangi istiqbolli jangchilarni jalb qilish, respublika mintaqalarida faol ishlash va ertami, kechmi qayta tiklanadigan xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish har qanday holatda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmaydi”.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 00:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют