» » Turkmanistonda bo‘rondan talafot ko‘rgan qishloq aholisi transformator uchun o‘z yonidan pul yig‘moqda

Turkmanistonda bo‘rondan talafot ko‘rgan qishloq aholisi transformator uchun o‘z yonidan pul yig‘moqda


Turkmanistonda Lebop viloyatidagi bo‘ron oqibatida elektr ta’minotidan uzilib qolgan qishloqlardan biridagi aholi transformator uchun pul yig‘ishni boshladi, deb xabar bergan “Xronika Turkmenistana”.

Jayhun-Charjov tumanidagi Baliqchi qishlog‘i 27-apreldan buyon elektr toki ta’minotidan uzilib qolgan. Qishloq oqsoqollarining tuman hokimligiga qilgan murojaatlari javobsiz qolgan. Amaldorlar markazdan transformator yuborilsa, elektr ta’minoti tiklanishini ma’lum qilgan, biroq buning qachon amalga oshishi ochiqlanmagan.

Qishloq aholisi har bir xonadondan 200 manatdan pul yig‘ib, tuman elektr ta’minoti idorasidan yordam so‘ragan va mutasaddilar transformator borasida ko‘mak berilishini ma’lum qilgan. Odamlar transformatordan tashqari simyog‘ochlar va simlar uchun ham mablag‘ yig‘ishi kerak.

Elektriklar musibatdan foydalanib, uzilgan elektr uzatish tarmoqlaridagi simlarning metrini 2,50 manatdan pullash bilan ovora. Kalinin va Arabchi qishloqlarida yashovchi fuqarolar ham uylariga elektr toki qaytishi uchun o‘z yonlaridan mablag‘ yig‘ishga majbur bo‘lgan.

27-aprelda Lebop viloyatida kuchli bo‘ron kuzatilgan. Tabiiy ofat oqibatida viloyat ichimlik suvi va elektr ta’minotida muammolar paydo bo‘lgan.

Mavzuga doir: Turkmanistonning Lebop viloyatida yuz bergan bo‘ronda o‘nlab kishi bedarak yo‘qoldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют