Tabassumini sug‘urtalagan, UZI apparatini uyga olib kelgan, maktabda kaltaklangan. Yulduzlar haqidagi siz bilmagan faktlar
Har bir inson biografiyasida boshqalarni hayratga soladigan detal bo‘lishi mashhurlarga ham taalluqli. Cosmopolitan nashri yulduzlar bilan bog‘liq qiziqarli faktlarni havola etadi.
Leonardo Di Kaprio
Di Kaprioning onasi o‘g‘lini taniqli rassom Da Vinchi sharafiga Leonardo deb atagan. Ta’?kidlanishicha, Irmelin italyan muzeylaridan birida rassom suratini tomosha qilayotganida, onasi qornida bo‘lgan Di Kaprio birinchi marta qimirlagan.
Ledi Gaga
Xonanda bilan bog‘liq omadsiz voqealar ko‘p bo‘lgan. U maktab yillarida qattiq kaltaklangan. Ledi Gaga bolaligidagi ayrim voqealar uning ruhiyatiga jiddiy shikast yetkazganini ta’kidlaydi.
Rayan Gosling
Aktyor mashhur Backstreet Boys guruhining ijrochilaridan biri bo‘lishi mumkin edi. U musiqachi Ey Jey Maklin bilan qo‘shni bo‘lgan va u bilan guruhga qo‘shilishni muhokama qilgan.
Juliya Roberts
Ishonish qiyin, ammo fakt: aktrisa Juliya Robertsning tabassumi 30 million dollarga sug‘urtalangan.
Enn Xeteuey
Aktrisaning ota-onasi ingliz adabiyoti, xususan, Shekspirga befarq bo‘lmagan chog‘i qizlarini Uilyam Shekspir rafiqasi sharafiga Enn Xeteuey deb nomlagan.
Joan Rouling
Yozuvchi ish vaqtida xayol surgani uchun kotibalikdan haydalgan. Shundan keyin Joan “Garri Potter”ni yozishni boshlagan.
Tom Kruz
Aktyor, turmush o‘rtog‘i Keti homiladorligida chaqaloq rivojlanishini kuzatish uchun 100 ming dollarga haqiqiy UTT (UZI) apparatini xarid qilib, uyga olib kelgan.
Mavzuga doir:
Manba: Daryo.uz