» » Tabassumini sug‘urtalagan, UZI apparatini uyga olib kelgan, maktabda kaltaklangan. Yulduzlar haqida siz bilmagan faktlar

Tabassumini sug‘urtalagan, UZI apparatini uyga olib kelgan, maktabda kaltaklangan. Yulduzlar haqida siz bilmagan faktlar


Har bir inson biografiyasida boshqalarni hayratga soladigan holat bo‘lishi mumkin. Bundan mashhurlar ham mustasno emas. Cosmopolitan nashri yulduzlar bilan bog‘liq qiziqarli faktlarni havola etadi.

Leonardo Di Kaprio

Di Kaprioning onasi o‘g‘lini taniqli rassom da Vinchi sharafiga Leonardo deb atagan. Ta’?kidlanishicha, Irmelin italyan muzeylaridan birida rassom suratini tomosha qilayotganida, onasi qornida bo‘lgan Di Kaprio birinchi marta qimirlagan.

Ledi Gaga

Xonanda bilan bog‘liq omadsiz voqealar ko‘p bo‘lgan. U maktab yillarida qattiq kaltaklangan. Ledi Gaga bolaligidagi ayrim voqealar uning ruhiyatiga jiddiy shikast yetkazganini ta’kidlaydi.

Rayan Gosling

Aktyor mashhur Backstreet Boys guruhining ijrochilaridan biri bo‘lishi mumkin edi. U musiqachi Ey Jey Maklin bilan qo‘shni bo‘lgan va u bilan guruhga qo‘shilishni muhokama qilgan.

Juliya Roberts

Ishonish qiyin, ammo fakt: aktrisa Juliya Robertsning tabassumi 30 million dollarga sug‘urtalangan.

Enn Xeteuey

Aktrisaning ota-onasi ingliz adabiyoti, xususan, Shekspirga befarq bo‘lmagan chog‘i qizlarini Uilyam Shekspir rafiqasi sharafiga Enn Xeteuey deb nomlagan.

Joan Rouling

Yozuvchi ish vaqtida xayol surgani uchun kotibalikdan haydalgan. Shundan keyin Joan “Garri Potter”ni yozishni boshlagan.

Tom Kruz

Aktyor turmush o‘rtog‘i Keti homiladorligida chaqaloq rivojlanishini kuzatish uchun 100 ming dollarga haqiqiy UTT (UZI) apparatini xarid qilib, uyiga olib kelgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 07:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют