» » Avstraliyada COVID-19’ga qarshi “mo‘jiza dori” sotuvchi cherkov jarimaga tortildi

Avstraliyada COVID-19’ga qarshi “mo‘jiza dori” sotuvchi cherkov jarimaga tortildi


Avstraliya tibbiyot mahsulotlari administratsiyasi salomatlik va tabobat cherkovi Genesis II MSS Australia’ni koronavirusga qarshi himoya vositasini reklama qilgani uchun 98 ming AQSh dollari miqdorida jarimaga tortdi. Bu haqda administratsiyaning rasmiy saytida xabar qilingan.

Cherkov reklama qilgan “Mo‘jizali mineral qo‘shimcha” (MMS) preparati tarkibida katta konsentratsiyadagi natriy-xlor mavjud va u kir yuvish vositalariga qo‘shishda ishlatiladi. Hukumat vakillarining ta’kidlashicha, MMS’ning kasallik belgilarini davolashi yoki yengillashtirishi klinik jihatdan isbotlanmagan.

“Bu kabi preparatlarning qabul qilinishi inson sog‘lig‘iga jiddiy ziyon yetkazishi — ko‘ngil aynishi, diareya va kuchli darajada ich qurishiga olib kelishi mumkin, oqibatda preparatni qabul qilgan kishi boshqa kasalliklar bilan kasalxonaga tushadi”, – degan avstraliyalik mutaxassislar.

“Avstraliya tibbiyot mahsulotlari administratsiyasi (TGA) jami 151,2 ming Avstraliya dollari (98 ming AQSh dollaridan ko‘proq) miqdorida zarar yetganini tasdiqlovchi 12 ta bayonnoma Southern Cross Directories Pty Ltd nomiga “mo‘jizaviy mineral qo‘shimcha” – MMS Australia tibbiy mahsulotlarini sotayotgani uchun rasmiylashtirilgan”, – deyiladi xabarda.

Hukumat vakillari odamlar qabul qilgan ushbu “mo‘jiza dori” ular organizmiga zarar yetkazishi mumkinligidan xavotirda.

“TGA internetda tarqalgan “Mo‘jizaviy mineral yechim” (MMS) vositasining turli kasalliklar, jumladan, COVID-19’ni davolash, oldini olish yoki asoratlarini kamaytirishda foydali ekani haqidagi yolg‘on xabarlardan yana bir bora ogohlantiradi”, – deyiladi agentlik bayonotida.

Mavzuga doir: Rossiyalik virusolog koronavirusga qarshi samarali dori vositasi qachon paydo bo‘lishini ma’lum qildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusning tarqalishi pandemiya darajasiga yetganini 11-mart kuni e’lon qilgan. JSST bergan so‘nggi ma’lumotlarga asosan butun dunyoda COVID-19’ga chalinganlar soni 4 million nafardan oshib ketgan, qurbonlar soni esa qariyb 300 ming nafarga yaqinlashib qoldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 07:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют