» » Qashqadaryolik shifokorlarning karantinda to‘y qilgani o‘z isbotini topdi

Qashqadaryolik shifokorlarning karantinda to‘y qilgani o‘z isbotini topdi


Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida yashovchi shifokorlarning karantin paytida to‘y qilgani o‘z isbotini topdi. Qizining to‘yi uchun bazm uyushtirgan shifokor karantin qoidalarini buzishda ayblanmoqda, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri.

Mazkur holat bo‘yicha tergov ishlarini olib borgan tuman IIB xodimlari shifokorlarning quda bo‘lganini tasdiqladi.

“2020-yil 2-aprel kuni Muborak tuman FHDYo bo‘limi tomonidan fuqarolar — Sh.J. va Z.B.ning nikohi rasmiylashtirilib, nikoh guvohnomasi berilgan. Buni nishonlashni maqsad qilgan kelinning onasi T.X. 14-aprel kuni uyida qarindoshlari bilan oilaviy bayram uyushtirgan. Bu to‘plangan hujjatlar va shaxslarning ko‘rsatmalari orqali o‘z tasdig‘ini topdi”, — deyiladi tuman IIB xulosasida.

Tuman IIB karantin qoidalarini buzib, qizining to‘yi munosabati bilan bazm uyushtirgan shifokor T.X.ni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi 2-qismi bilan aybdor deb topib, shifokorga nisbatan chora ko‘rishni so‘rab viloyat Sanitariya va epidemiologiya nazorat markazi tuman bo‘limiga murojaat qilgan.

Qayd etish lozim, mazkur modda bilan ayblangan va aybi tasdiqlangan fuqarolar bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha, mansabdor shaxslar esa o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha jarimaga tortiladi.

Eslatib o‘tamiz, “Daryo”da Muborak tumanida yashovchi shifokorlar karantin qoidalariga zid ravishda to‘y o‘tkazgani xabar qilinib, to‘yda 50 nafar mehmon ishtirok etgani aytilgandi.

Tuman IIB esa to‘y bo‘lganini rad etib, bu haqda xabar bergan Muborak tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Zafar Jo‘rayevni yolg‘on axborot tarqatishda ayblab, ikki kun tergov qilgandi. IIB dagi tergov xususida gapirgan Zafar Jo‘rayev tergov davomida och holda olib o‘tirilgani bois tobi qochib, tuman shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga olib borilganini, ammo shifoxonada unga yordam ko‘rsatilmaganini ma’lum qilgandi.

Ta’kidlash joiz, o‘sha voqealardan so‘ng tuman hokimi G‘ayrat Jovliyev ham ishdan olingandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют