» » Xiaomi direktorining iPhone ishlatishi oshkor bo‘ldi

Xiaomi direktorining iPhone ishlatishi oshkor bo‘ldi


Xiaomi asoschisi va bosh direktori Ley Szyun kompaniya fanatlari bilan Xitoyda Twitter’ning muqobili hisoblangan Weibo ijtimoiy tarmog‘i orqali muntazam ravishda muloqot qiladi, deb yozadi  Hi-Tech.Mail.ru.

Yangi postida u o‘quvchilariga bir nechta kitobni tavsiya qildi, shunda postning iPhone yordamida qo‘yilgani oshkor bo‘ldi. Kompaniya mahsulotlari foydalanuvchilariga bu yoqmadi.

Weibo ijtimoiy tarmog‘ida Twitter’dagi kabi postning qanday qurilmadan qo‘yilgani ko‘rsatiladi.

Ley Szyunning ushbu posti ostidagi izohlarda kompaniya boshlig‘ining o‘zi iPhone ishlatishi Xiaomi smartfonlarining sifatsiz ekanligini ko‘rsatishini yozib qoldirgan. Bunday izohlardan so‘ng Ley Szyun postni o‘chirib tashladi va Xiaomi smartfoni yordamida qayta yukladi.

Ley Szyunning hamkori va investitsion tahlilchi Pan Szyutan uni himoya qilib chiqdi. Uning fikricha, raqib qurilmalaridan foydalanish yirik ishlab chiqaruvchilar bosh direktorlari uchun normal tajriba hisoblanadi. “Bu boshqa kompaniyalarning yangiliklaridan boxabar bo‘lish va o‘z mahsulotlari sifatini yaxshilash imkonini beradi”, — deydi Pan Szyutan.

Bundan tashqari, Xiaomi direktori avvalroq o‘z xodimlariga boshqa kompaniyalar smartfonlaridan foydalanishni taqiqlamasligini aytgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют