» » Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovga ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yildi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovga ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yildi


Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovga ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yildi. Bu haqda Peskov “Kommersant” nashriga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, unda koronavirus infeksiyasi deyarli har kungi rejimda o‘tkaziladigan testlardan birining natijasi orqali aniqlangan.

“Testdan keyingi birinchi kun hech qanaqa kasallik belgilari kuzatilmadi, keyinroq tana haroratim 37 darajadan biroz ko‘tarildi”, — deydi Peskov. Prezident matbuot kotibi ikki-uch kun uyda yotganidan keyingina shifoxonaga borganiga aniqlik kiritgan.

“Bugungi kunda pnevmoniya bilan kasallanganlar ham uyda davolanyapti, masalan, bir tomonlama bo‘lsa… Ikki tomonlama bo‘lganda esa tanlov yo‘q. Bu yerda yana bir muhim jihat shundaki, sening o‘pkangni virus kabi organizming ham yemirishni boshlaydi”, — deydi Peskov.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi koronavirusga chalingani va u ayni paytda kasalxonada davolanayotgani haqida 12-may kuni ma’lum bo‘lgandi. U rafiqasi Tatyana Navka bilan birga kasalxonaga yotqizilgan. So‘nggi marta Dmitriy Peskov 30-aprelda Vladimir Putin raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ommaga ko‘rinish bergan.

Mavzuga doir: Koronavirusga chalingan Dmitriy Peskov virusga qarshi blokator taqqandi. O‘zbekiston hukumati a’zolari ham mazkur qurilmadan foydalanmoqda (foto)

Dmitriy Peskov Rossiyada hukumatining koronavirusga chalingan beshinchi a’zosi bo‘ldi. O‘zining koronavirusga chalingani haqida birinchi bo‘lib 30-aprel kuni Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin ma’lum qilgandi. U kasalxonaga yotqizilgach, hukumat rahbari vakolatlari bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Andrey Belousovga yuklatilgan. 1-may kuni esa Rossiya qurilish vaziri Vladimir Yakushev va uning o‘rinbosari Dmitriy Volkovning koronavirusga chalingani ma’lum bo‘lgandi. 6-may kuni esa Rossiya madaniyat vaziri Olga Lyubimovaning koronavirusga chalingani ma’lum qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют