» » Yerga o‘xshagan eng uzoq ekzosayyora topildi

Yerga o‘xshagan eng uzoq ekzosayyora topildi


Astronomlar Yerdan 25 ming yorug‘lik yili uzoqligida joylashgan yana bir sayyorani aniqladi, deb yozadi Hi-Tech.Mail.ru.

Yangi aniqlangan sayyora hozircha fanga ma’lum bo‘lgan eng uzoq ekzosayyora hisoblanadi.

Olimlarning fikricha, somon yo‘lida Yerga o‘xshagan bir necha sayyoralar bo‘lishi mumkin, biroq ularni aniqlash oson emas. Bugungi kunda astronomlar 4 mingdan ortiq ekzosayyorani aniqlagan. Ulardan aksariyati Yerdan bir necha ming yorug‘lik yili uzoqligida joylashgan.

Astronomlar barcha ma’lumotlarni tahlil qilib, topilgan super Yerning massasi Yer massasidan 3,96 martaga katta ekanini aniqlashdi. U uncha katta bo‘lmagan yulduz atrofida aylanadi. Sayyora va yulduz o‘rtasidagi masofa taxminan Venera va Quyosh o‘rtasidagi masofadek keladi. Sayyora juda sekin aylanadi, uning bir yili 617 Yer kuniga teng.

Olimlar ushbu sayyora hayot uchun yaroqliligini aniqlay olmadi. Uzoq masofa tufayli sayyoradagi harorat va uning yulduzi faolligi haqida ma’lumot olib bo‘lmayapti.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют