» » Surxondaryoda yog‘gan kuchli yomg‘ir oqibatida suv toshqini yuzaga kelishi mumkinligi sababli 900 nafar fuqaro evakuatsiya qilindi

Surxondaryoda yog‘gan kuchli yomg‘ir oqibatida suv toshqini yuzaga kelishi mumkinligi sababli 900 nafar fuqaro evakuatsiya qilindi


Surxondaryoda 13-may kuni soat 21:00 da yog‘gan kuchli yomg‘ir tufayli viloyatning Oltinsoy tumani hududidan oqib o‘tuvchi Oltinsoy soyining suv hajmi sezilarli darajada oshdi, deb xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.

Mazkur holat natijasida suv toshqini yuzaga kelishi mumkinligi sababli viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT) kuch va vositalari yordamida ushbu hududda istiqomat qilayotgan 900 nafar fuqaro xavfsiz hudud (yaqin qarindoshlari uylari)ga vaqtincha ko‘chirildi.

Bundan tashqari, shu kuni Boysun tumanidagi “Pasurxi” mahallasiga Boysun tog‘ tizmasiga surunkali yomg‘ir yog‘ishi natijasida Oybarak soyi orqali sel kelgan.

Shuningdek, tumanning “Hunarmandlar” mahallasidan oqib o‘tuvchi Avlod soyi orqali sel kelishi oqibatida Avlod hamda Sariosiyo qishloqlarini bog‘lab turuvchi ko‘prikni suv bosgani tufayli avtomobillar harakati vaqtincha to‘xtatilgan.

Vaziyat viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan to‘liq nazoratga olingan. Ayni damda boshqarma qutqaruvchilari hamda FVDTning 150 dan ortiq xodimi, shuningdek, 20 ga yaqin texnika yordamida sel oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Sel oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.

Avvalroq Zarafshondagi sel oqibatida kamida 300 kishi evakuatsiya qilingani haqida xabar berilgan va internetda ushbu hodisaning videosi tarqalgandi. Hodisa oqibatida dala maydonlari, xonadonlar va boshqa obyektlarga qancha ziyon yetgani ma’lum qilindi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют