» » Futbol bo‘yicha A Seriya bahslari qachondan davom ettirilishi ma’lum bo‘ldi

Futbol bo‘yicha A Seriya bahslari qachondan davom ettirilishi ma’lum bo‘ldi


Futbol bo‘yicha Italiya chempionati bahslari 13-iyundan davom ettiriladi. Bu borada A Seriya assambleasi yig‘ilishida qaror qabul qilingan.

Qaror Italiya hukumati va futbolchilarni tibbiy himoya qilish qoidalariga muvoffiq tarzda chiqarilgan.

Italiyada 4-maydan yakka holdagi mashg‘ulotlarga, 18-maydan esa guruh mashg‘ulotlariga ruxsat berilgan.

Qayd etish joiz, Italiyada Bundesligadan farqli ravishda tibbiyot protokolidagi qoidalar keskinroq. Birgina koronavirusga chalinish holati musobaqaning muddatidan avval yakunlanishiga olib keladi. Italiya klublari nemis protokolini namuna tarzida olishini xohlagan, biroq hukumat uni yetarli darajada xavfsiz emasligini bildirgan. Bundan tashqari klublarga guruh mashg‘ulotlari boshlangandan keyin 15 kun mobaynida izolyatsiyada bo‘lish tavsiya qilingan.

Avvalroq Germaniya, Portugaliya, Chexiya va boshqa bir qator chempionlatlarda mavsum davom etishi xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, 26-turga kelib to‘xtab qolgan. Musobaqa jadvalida “Yuventus” 63 ochko to‘plagan holda birinchi o‘rinda bormoqda, undan bir ochko kam jamg‘argan “Inter” keyingi pog‘onani band etgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют