» » Turkiya insonparvarlik yordami bilan Kiprga uchayotgan Xitoy samolyotini o‘z hududidan o‘tkazmadi

Turkiya insonparvarlik yordami bilan Kiprga uchayotgan Xitoy samolyotini o‘z hududidan o‘tkazmadi


Xitoydan insonparvarlik yordami bilan 13-may kuni Kipr tomon uchgan samolyot yo‘nalishini Moskva tomon o‘zgartirishga majbur bo‘ldi, sababi Turkiya uni o‘z hududidan o‘tkazishni rad etgan. Bu haqda Kipr yangiliklar agentligi (CNA) mamlakat transport vaziri Yannis Karusosga tayanib xabar qilgan.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Anqara o‘z hududidan uchishni taqiqlaganidan keyin layner ekipaji Kiprga yetib olish uchun Turkiyani aylanib o‘tishga yoqilg‘i yetmasligini taxmin qilib, yo‘nalishni o‘zgartirgan.

“Uchuvchi parvoz yo‘nalishini o‘zgartirgan va Moskva aeroporti tomon ucha boshlagan. Maqsad u yerdan kerakli yoqilg‘ini quyib olish bo‘lgan”, — deya Karursos so‘zlarini keltiradi CNA.

Vazir Kipr TIV ushbu vaziyatdan xabardor ekani va demarsh taqdim etilishini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir: Xitoy harbiy aviatsiyasi tomonidan O‘zbekistonga yuborilgan insonparvarlik yordami yetib keldi (foto)

Avval Kipr transport vazirligi maxsus yuk laynerida COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda ishlatish uchun Xitoydan 36 tonna tibbiyot buyumlari – himoya kiyimlari, baxilalar, bir martalik jarrohlik kiyimlari va himoya niqoblari yetib kelishi haqida xabar qilgan. Samolyot Tyanzin shahri yaqinidagi Binxay aeroportidan uchgan va Larnakiga 13-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:30 da qo‘nishi lozim edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 22) ( 0) ( 20) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют