» » Forest Lyu: Yashil O‘zbekiston – cho‘ldagi voha

Forest Lyu: Yashil O‘zbekiston – cho‘ldagi voha


(Forest Lyu, Huawei O‘zbekiston bosh direktori)

Bu yil O‘zbekistonda AKT sohasi uchun butunlay o‘ziga xos yil, chunki Respublika Prezidenti bu yilni “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e’lon qildi. Bu yil oldimizga qo‘yilgan vazifalar Huawei kompaniyasining 20 yildan beri O‘zbekistonda amalga oshirib kelayotgan maqsadlariga juda mos keladi. Bizning kompaniyamiz har doim axborot infratuzilmasi raqamli tafovutni kamaytirish, aholi turmush darajasini yaxshilash va mamlakatning iqtisodiy o‘sishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi va zarur shart-sharoitlarni yaratadi deb hisoblab kelgan. O‘zbekistonda AKT rivojlanishining hozirgi darajasi va xalqaro bozorda taklif qilinayotgan innovatsion yechimlari va mahsulotlarini hisobga olib qarasak, davlat aholining yashash va mehnat sharoitlarini sezilarli darajada yaxshilashga qodir.

Ko‘p yillar davomida zo‘r berib amalga oshirib kelingan ishlardan so‘ng, mamlakat hukumati va aholisining AKT sohasini kuchaytirishga va ta’lim darajasini oshirishga e’tibor qaratishi eng to‘g‘ri qarordir. Biz umid qilamizki, belgilangan maqsadlarimiz tomon olg‘a yurishda davom etsak, aloqa infratuzilmasi obyektlarining qurilishi ko‘payadi, optik tolali tarmoq bilan ta’minlangan hududlar ko‘lami oshadi, simsiz tarmoqlar bilan qamrab olish sifati yaxshilanadi, bu esa ta’lim olishda cheksiz imkoniyatlarni yaratadi va mamlakatning iqtisodiy o‘sishini ta’minlaydi, shu bilan jamiyat farovonligini va odamlarning hayoti sifatini yaxshilaydi.

Axborot-kommunikatsiya yechimlarining dunyodagi yetakchi provayderi sifatida, Huawei, Prezident va hukumat tomonidan qo‘yilgan maqsadlarga muvofiq, AKT sohasiga investitsiyalar kiritish salmog‘ini oshirishda davom etmoqda va O‘zbekistonda axborotlashtirishni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Biz “O‘zbekistonda, O‘zbekiston farovonligi uchun” ishlayapmiz va har doim o‘zimizga o‘zbek jamiyatining jadal va barqaror rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash uchun nima qilishimiz kerak deb savol beramiz. Kelajakda jamiyatga nima kerak bo‘ladi? Bizning xalqaro tajribamiz o‘zbek xalqiga qanday yordam berishi mumkin? Va biz bu savollarga javob berib, uzoq kelajakka nazar tashlamoqchi bo‘ldik. Quyida bizni ilhomlantirgan ikkita rasm keltirilgan. Chap tomonda Xitoyning Maovusu cho‘lining 70 yil oldingi fotosurati. 51 400 kvadrat kilometrlik cho‘l 70 yillik uzluksiz parvarishdan so‘ng, 4 000 kvadrat kilometrdan kamroq hudud qolgunicha ko‘kalamzorlashtirilgan. Aytishlaricha, ko‘kalamzorlashtirilmagan hudud aslida cho‘llarni boshqarish tajribasidan yodgorlik sifatida qoldirilgan.

Barchaga ma’lumki, O‘zbekiston quruq iqlimga ega, dengizga chiqish yo‘li bo‘lmagan mamlakatdir, bu yerda suv resurslari esa har doim butun mamlakat iqtisodiyotiga va ko‘pchilik odamlarning turmush darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan asosiy muammo bo‘lib kelgan. Mashhur Orol dengizining katta qismi qurib qolgan, mahalliy aholi esa salomatlik holati va ichimlik suvidan foydalanish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jihatdan ham paydo bo‘lgan cho‘lning oqibatlari va ta’siri natijasida zarar ko‘rmoqda. Mamlakat milliy iqtisodiyoti o‘sishi bilan suv resurslariga bo‘lgan ehtiyoj ham, yaxshi va sog‘lom atrof-muhitga bo‘lgan ehtiyoj kabi ortib boradi.

Xitoyda tashkil etilgan xalqaro kompaniya sifatida biz 20 yildan beri O‘zbekistonda o‘z faoliyatimizni amalga oshirib, rivojlanib kelmoqdamiz. Shu yillar davomida biz mas’uliyatli ijtimoiy fuqaro bo‘lishga harakat qildik. Kelgusi yigirma yilga nazar tashlar ekan, Huawei Uzbekistan “Green Uzbekistan” tashabbusi ostida O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarish sohasini rivojlantirishda va qurg‘oqchilik hududlardagi aholining barqaror farovonligi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishda o‘z hissasini qo‘shishni maqsad qilmoqda. Biz Orol dengizini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha UNDP Uzbekistan loyihasini mamnuniyat bilan qo‘llab-quvvatladik va birinchilardan bo‘lib homiy sifatida tashkilotchilar safiga qo‘shildik. Loyihani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maxsus fond ochish bilan, UNDP Uzbekistan avvalgi dengiz hududiga saksovul ekishni va shu bilan mintaqaga biologik xilma-xillikni qaytarishni va aholi hayotini yaxshilashni rejalashtirmoqda.

Bugun tabiatni qo‘llab-quvvatlashga va “Green Uzbekistan” tashabbusini amalga oshirishga o‘z hissamizni qo‘shish bilan biz, o‘zimiz chin dildan istaganimizdek, kelgusida ko‘p yillar davomida mamlakatning barqaror rivojlanishini ta’minlaymiz. Biz barchani loyihaning bir qismi bo‘lishga va mintaqaga yordam berishga chaqiramiz.

Tech4All xalqaro kampaniyasi.

Huawei kompaniyasi faoliyati tabiatni saqlash va atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan notijorat tashkilotlar bilan bir qator qo‘shma loyihalarni amalga oshirmoqda. Bu loyihalardan biri Rainforest Connection bilan hamkorlikda bajarilmoqda. Bunda oldin ishlatilgan Huawei smartfonlari quyosh panellari bilan birga daraxtlarga o‘rnatilmoqda va ular orqali sun’iy intellektga asoslangan bulutli dastur yordamida mutaxassislar real vaqt tartibida o‘rmondagi tovushlarni kuzatib borishmoqda va bu o‘rmonlarni noqonuniy kesishlaridan himoya qilishga va u yerdagi jonivorlarning holatini kuzatib borishga imkon yaratmoqda. Bu – texnologiyalarning tabiat in’om etgan xazinalarni saqlashda qanday yordam berishi mumkinligiga yana bir misoldir.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют