» » Fergyusonning murabbiyi: Getji Habibga “stoyka”da umuman imkoniyat qoldirmaydi

Fergyusonning murabbiyi: Getji Habibga “stoyka”da umuman imkoniyat qoldirmaydi


Toni Fergyusonning murabbiyi Rashad Hollouey UFC yengil vazn toifasi chempioni Habib Nurmagomedov va vaqtinchalik chempion Jastin Getji o‘rtasidagi ehtimoliy jang haqida gapirdi.

“Murakkab jang. Habib Konor Makgregorga qarshi jangda “stoyka”dagi (tik turgan holda jang olib borish) salohiyatini namoyish qila oldi. Biroq Jastin Getji zarba berish mahorati borasida boshqa darajadagi jangchi. Uning boksi yaxshi. Boksga e’tibor qaratadigan yakkakurashchilar tik turgan holatdagi jang olib borishda ajralib turadi.

Jastin boks texnikasiga ko‘p e’tibor qaratadi. Bu borada u Habibdan ancha yaxshi. Bu esa teykdaun (yiqitish) imkoniyatini keskin pasaytirib yuboradi. Biroq shu bilan bir qatorda Habib parterga olishda aqlbovar qilmas ishlarni amalga oshiradi.

Tik turgan holatda Jastin uni yo‘q qiladi. Parterda esa Jastin Habibga xavf tug‘dira olmaydi, shu sabab men imkoniyatlarni 50 ga 50 baholayman”, — deydi Hollouey.

Mavzuga doir: Habib Nurmagomedov hamda Jastin Getji o‘rtasidagi jang qachonga rejalashtirilganligi ma’lum qilindi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют